Jahon

Biz g‘alaba qozondik — Eron

Tramp ham Eron bilan kelishuvni AQSHning mutlaq g‘alabasi deb atadi.

Biz g‘alaba qozondik — Eron

AQSH va Eron urushni 2 haftaga to‘xtatish bo‘yicha sulhga erishdi. Kelishuvdan so‘ng har ikki tomon ham o‘zlarining g‘alabaga erishganini ma’lum qildi.

 

AQSH Prezidenti AFP agentligiga bergan telefon orqali intervyusida ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatish va Ho‘rmuz bo‘g‘ozining shu muddatga ochilishini Vashington uchun "to‘liq va mutlaq g‘alaba" deb e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu "shubhasiz 100 foizlik g‘alabadir".

 

Shu o‘rinda Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi rasmiy bayonot berib, mamlakat aholisini erishilgan g‘alaba bilan tabrikladi. Bayonotda ta’kidlanishicha, g‘alaba to‘liq tasdiq topmagunicha, mas’ullar tomonidan oqilona siyosat yuritilishi, shuningdek, jamiyatda birlik va hamjihatlikni saqlash muhim ahamiyatga ega.

 

Shuningdek, Eronning tabiiy boyliklari haqidagi savolga Tramp: "Bu eng ma'qul shaklda hal qilinadi, aks holda men kelishuvga rozi bo‘lmagan bo‘lardim", — deb javob berdi.

 

Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashiga ko‘ra, AQSH bir qator masalalar bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilgan. Ular qatoriga tajovuz qilmaslik, Eronning Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratini saqlab qolish, uranni boyitishni tan olish, barcha turdagi sanksiyalarni bekor qilish, xalqaro rezolyutsiyalarni tugatish, yetkazilgan zararlarni qoplash, AQSH harbiy kuchlarini mintaqadan olib chiqish hamda turli frontlarda harbiy harakatlarni to‘xtatish kiradi.

 

Eron davlat ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, Tehronning 10 bandlik taklifi Islom Respublikasiga uranni boyitish huquqi berilishini nazarda tutadi.

 

Tramp Xitoy Eronga kelishuv tuzish uchun bosim o‘tkazganini aytdi. Xitoy Eron neftining asosiy xaridori hisoblanadi. AFP’ning eslatishicha, Tramp may oyida Pekinga tashrif buyurishni rejalashtirgan.

 

Donald Tramp Eron bilan muzokaralar 15 band bo‘yicha olib borilayotganini va ularning aksariyati allaqachon kelishib olinganini qo‘shimcha qildi.

 

"Ko‘ramiz, endi nima bo‘ladi. Kelishuvga erisha olamizmi yoki yo‘qmi, vaqt ko‘rsatadi", — deya xulosa qildi Tramp.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Biz g‘alaba qozondik — Eron | Zamon.uz