Jahon

Eron urushining 2 haftaga to‘xtagani fonida neft narxlari pasaydi

AQSh fond bozorida o‘sish kutilmoqda, dollar qadrsizlanmoqda.

Eron urushining 2 haftaga to‘xtagani fonida neft narxlari pasaydi

AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan Eron bilan ikki haftalik sulh e’lon qilinishi ortidan jahon moliya bozorlarida keskin ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Neft narxlari tushib ketdi, aksiyalar qimmatlashdi va obligatsiyalar bozorida o‘sish qayd etildi.

 

Avval xabar qilganimizdek, AQSH Eronga qarshi harbiy harakatlarni ikki haftaga to‘xtatishga rozi bo‘lgan. Shu bilan birga, tomonlar o‘rtasida uzoq muddatli tinchlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

 

Eron rasmiylari esa, agar mamlakatga qarshi hujumlar to‘xtatilsa, o‘z hujumlarini ham to‘xtatishini bildirgan. Shuningdek, ikki hafta davomida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kemalarning xavfsiz harakati Eron Qurolli kuchlari bilan muvofiqlashtirilishi ma’lum qilingan.

 

Fevral oyi oxirida AQSH va Isroil tomonidan Eronga berilgan zarbalardan so‘ng jahon bozorlarida beqarorlik kuchaygan edi. Bu esa jahon neft va gaz ta’minotining katta qismi o‘tadigan Ho‘rmuz bo‘g‘ozining amaliy yopilishiga sabab bo‘lgan.

 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, otashkesim e’lon qilingach, AQSH nefti fyucherslari qariyb 16,5 foizga tushib, barreli 94 dollar atrofida savdo qilinmoqda. Shu bilan birga, S&P 500 indeksi fyucherslari 2 foizdan ortiqqa oshgan, dollar esa qadrsizlangan.

 

Mutaxassislar fikricha, mazkur sulh qisqa muddatli bo‘lsa-da, bozorlar uchun “yengillik signali” vazifasini bajarmoqda. Ayni paytda, Osiyo fond bozorlarida ham o‘sish kutilmoqda, AQSH davlat obligatsiyalari fyucherslari esa yuqoriga qarab harakatlanmoqda.

 

Shuningdek, AQSH tomoni Erondan 10 banddan iborat taklif olganini va u muzokaralar uchun asos bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Tomonlar uzoq muddatli kelishuvga erishishga yaqin ekani istisno qilinmayapti.

 

Tahlilchilarga ko‘ra, bu jarayon ijobiy boshlanish bo‘lsa-da, hali hal etilishi lozim bo‘lgan qator masalalar saqlanib qolmoqda.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eron urushining 2 haftaga to‘xtagani fonida neft narxlari pasaydi | Zamon.uz