O'zbekiston

Toshkentdagi “Askiya” bozori vaqtincha yopildi

Shuningdek, poytaxtdagi bir qator bozorlarning ayrim bloklari elektr energiyasidan uzildi.

Toshkentdagi “Askiya” bozori vaqtincha yopildi

Toshkent shahridagi “Askiya” dehqon bozori yong‘in xavfsizligi qoidalari qo‘pol ravishda buzilgani sabab vaqtincha yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, poytaxtning bir qator bozorlarida davlat yong‘in nazorati tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilgan. Natijada ayrim savdo obyektlarida jiddiy kamchiliklar aniqlanib, xavfsizlik talablariga javob bermagan hududlar elektr ta’minotidan vaqtincha uzilgan.

 

Xususan, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Navro‘z” dehqon bozori, Bektemir tumanidagi Midstroy servis MCHJ va “Qo‘yliq” qurilish bozori, Chilonzordagi Tashkent trade center MCHJ hamda “Abu Saxiy” bozori, shuningdek Uchtepa tumanidagi “Farhod” dehqon bozori ayrim hududlarida yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilgani aniqlangan va ayrim hududlar, kamchilik aniqlangan joylar elektr energiyasidan vaqtincha uzildi. Bundan tashqari, “O‘rikzor” savdo kompleksining to‘qqizta bloki ham elektr energiyasidan uzilgan.

 

Yakkasaroy tumanida joylashgan “Askiya” dehqon bozori esa umumiy holati xavfsizlik talablariga javob bermagani sabab to‘liq elektr ta’minotidan uzilib, faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

 

Vazirlikka ko‘ra, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgach, ushbu obyektlarda elektr ta’minoti tiklanadi va faoliyat qayta yo‘lga qo‘yiladi.

 

Shuningdek, qayd etilishicha, ushbu choralar tadbirkorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilish uchun emas, balki favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholi gavjum joylarda xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan.

 

8-aprel kuni Chilonzor, Shayxontohur va Yashnobod tumanlaridagi yirik bozorlarda ham shunday tekshiruvlar o‘tkazilib, ochiq elektr simlari, nosoz jihozlar va yong‘in o‘chirish tizimlarining ishlamasligi kabi kamchiliklar aniqlangan edi. Ushbu holatlar asosida ayrim hududlar elektr ta’minotidan uzilgan.

 

Tekshiruvlar 5-aprel kuni Chilonzor tumanidagi “Beshqo‘rg‘on” bozorida yuz bergan yong‘in ortidan yanada kuchaytirilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkentdagi “Askiya” bozori vaqtincha yopildi | Zamon.uz