Jahon

Tramp Eronni Hormuz bo‘g‘ozida to‘lov undirishdan voz kechishga chaqirdi

Uning fikricha, Tehronning Hormuz bo‘g‘ozidagi harakatlari kelishuvlarga zid hisoblanadi.

Tramp Eronni Hormuz bo‘g‘ozida to‘lov undirishdan voz kechishga chaqirdi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronni Hormuz bo‘g‘ozi orqali harakatlanayotgan kemalardan to‘lov undirish rejasidan voz kechishga chaqirdi.

 

AQSh rahbari ushbu bayonotni Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilgan. Uning ta’kidlashicha, Tehron tomonidan bo‘g‘oz orqali o‘tayotgan tankerlar uchun to‘lov joriy etilgani haqidagi xabarlar jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.

 

“Eron buni qilmasligi kerak. Agar bunday amaliyot allaqachon yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, u darhol to‘xtatilishi lozim”, — deya yozgan Tramp.

 

Shuningdek, AQSh prezidenti bayonotida Eronning Hormuz bo‘g‘ozidagi harakatlari mavjud kelishuvlarga zid ekanini qayd etgan. Uning fikricha, mazkur strategik hudud orqali neft tashish jarayonidagi cheklovlar yoki qo‘shimcha to‘lovlar xalqaro majburiyatlarga mos kelmaydi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tramp Eronni Hormuz bo‘g‘ozida to‘lov undirishdan voz kechishga chaqirdi | Zamon.uz