O'zbekiston

Toshkentda xodimlariga daydi topishni buyurgan IIB amaldori ishdan bo‘shatildi

U daydi topolmagan xodimlarga qarindoshi yoki o‘zini “daydi” sifatida rasmiylashtirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Toshkentda xodimlariga daydi topishni buyurgan IIB amaldori ishdan bo‘shatildi

Toshkent shahri Olmazor tumani Ichki ishlar bo‘limi (IIB) amaldori Abror Xudoyberdiyev inspektorlarga daydi topib rasmiylashtirish bo‘yicha topshiriq bergani uchun lavozimidan ozod etildi. Bu haqda 11 aprel kuni Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida vazir o‘rinbosari Ramazon Ashropov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz.

 

Qayd etilishicha, amaldor profilaktika inspektorlariga ko‘chadan daydi shaxslarni topib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish bo‘yicha topshiriq bergan. Holat yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi yakunlariga ko‘ra, u egallab turgan lavozimidan bo‘shatilgan.

 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Xudoyberdiyevning xodimlarga “daydi topib, 300 ta ma’muriy bayonnoma tuzish” rejasini belgilab bergani aks etgan audio tarqalib, keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgandi. Audioda u daydi topa olmagan xodimlarga o‘z qarindoshi yoki o‘zini “daydi” sifatida rasmiylashtirish bo‘yicha topshiriq bergani qayd etilgan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

Musobaqalarda 90 dan ortiq mamlakatdan 3 mingdan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev nomiga Mustaqillikning 35-yilligi munosabati bilan xorijdan tabrik maktublari kelmoqda

Xorijiy hamkorlar o‘z maktublarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va xalqaro maydondagi faol rolini yuqori baholagan.

custom img

O‘zbek tilini o‘rganish xalqaro darajaga chiqmoqda

Oksford talabalari uchun O‘zbekistonda Yozgi maktab o‘z ishini boshladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘z tabrigida mamlakat rivoji oldida qator yirik vazifalar turganini ta’kidladi.

custom img

Rossiyadan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Yana 22 nafar bolani O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

custom img

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yong‘in chiqdi

Rekonstruksiya qilinayotgan bino hovlisidagi elektr qutisi yongan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Bishkek shahriga yetib bordi

“Manas” xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Adilbek Qasimaliyev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

custom img

O‘zbekistonda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yer silkinishi Gazli shahri, Peshko‘ va Jondor tumanida sezilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"