O'zbekiston

Qo‘qonga olib ketilayotgan kuchli ta’sir qiluvchi dorilar to‘xtatib qolindi

Qonunbuzarlar dorilarni Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida sotish bilan shug‘ullangan.

Qo‘qonga olib ketilayotgan kuchli ta’sir qiluvchi dorilar to‘xtatib qolindi

O‘zbekistonga noqonuniy o‘tkazilgan 11 650 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari to‘xtatib qolindi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1994 va 2002-yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs o‘zlarining tanishi bo‘lgan – Qo‘shtepa tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning Gentra'sida Farg‘ona tumaniga borib, qo‘shni respublikadan O'zbekistonga noqonuniy o‘tkazilgan 11 650 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini qabul qilib olgan. 

 

So‘ngra Qo‘qon shahriga qaytib ketayotganlarida tezkor guruh tomonidan Uchko‘prik tumani hududida to‘xtatilgan vaqtlarida, ular avtomashinadan dori vositalarini uloqtirib, voqea joyidan qochmoqchi bo‘lgan. Lekin, to‘xtatib qolingan. 

 

Xabarga ko‘ra, qonunbuzarlar bu turdagi dorilarni Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida yashovchi shaxslarga sotish bilan shug‘ullanib kelgan. 

 

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Prezident Xivadan Urganchga yangi avtomobil yo‘li orqali qaytdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

custom img

Mandat natijalari e’lon qilindi: 209 mingdan ortiq abituriyent talaba boʻldi

Bu yil oliy ta’limga qabulda davlat granti bo‘yicha o‘rtacha o‘tish bali 134,6 ball, kontrakt bo‘yicha 93,7 ballni tashkil etdi.

custom img

Toshkent issiqlik elektr stansiyasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Ishchi guruh Toshkent IESdagi filtrlash tizimlarini modernizatsiya qilish va atmosfera havosiga salbiy ta’sirni kamaytirish choralari yuzasidan tavsiyalar berdi.

custom img

“Odamlarimiz chetga chiqib ishlashiga zarurat qolmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgiladi.

custom img

Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi

Ariza belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmasa, u tadbirkor foydasiga hal qilingan hisoblanadi.

custom img

Birinchi xato uchun tadbirkorga jarima emas, 10 kunlik muddat beriladi

Prezidentimiz jarima mablag‘ yig‘ish emas, tartib-intizom va profilaktikaga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi.

custom img

Tadbirkorlar uchun “kontr-kafolat” tizimi joriy etiladi

10 milliard so‘mgacha kreditda garovning 75 foizi davlat, Biznesni kafolatlash kompaniyasi va banklar tomonidan ta’minlanadi.

custom img

Yangi tadbirkorlarga 200 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi

Prezident tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tashabbuslarni e’lon qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Qo‘qonga olib ketilayotgan kuchli ta’sir qiluvchi dorilar to‘xtatib qolindi