O'zbekiston

Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini 1 oy ichida to'lasa, qolgan qismi bekor qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev moliyaviy jarimalar tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi.

Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini 1 oy ichida to'lasa, qolgan qismi bekor qilinadi

 

Shavkat Mirziyoyev 13-aprel kuni tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy jarimalarni qo‘llash tartibini liberallashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan sud nazoratini kuchaytirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Taqdimotda ta’kidlanishicha, amaldagi amaliyotda moliyaviy jarimalarni qo‘llash jarayonida tadbirkorlar uchun ayrim murakkabliklar saqlanib qolmoqda. Shu bois jarayonni soddalashtirish va sud nazoratini kuchaytirish bo‘yicha yangi mexanizmlar taklif etildi.

 

Xususan, 2026-yil 1-oktabrdan boshlab moliyaviy jarimalarni ixtiyoriy to‘lashni rag‘batlantiruvchi yagona tartib joriy etish rejalashtirilmoqda. Unga ko‘ra, tadbirkorlik subyekti vakolatli organ qarori topshirilganidan so‘ng bir oy ichida jarimaning 50 foizini to‘lasa, qolgan qismidan ozod etilishi nazarda tutilgan.

 

Shuningdek, jarimalarni olti oy davomida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash tizimi joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda. Bunda dastlabki bir oy ichida summaning oltidan bir qismi to‘lansa, mazkur tartib avtomatik amal qiladi.

 

Sud nazoratini kuchaytirish doirasida vakolatli organ qarori sud tomonidan bekor qilingan taqdirda undirilgan mablag‘larni 15 kun ichida qaytarish, kechiktirilgan holatlarda esa Markaziy bank asosiy stavkasi asosida foiz hisoblash mexanizmi joriy etilishi taklif qilindi.

 

Jarimalarni raqamlashtirish maqsadida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida elektron reyestrni joriy etish, qarorlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash hamda mobil ilova orqali onlayn to‘lov va monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

 

Shuningdek, tadbirkorlar shaxsiy kabineti orqali onlayn shikoyat berish va shikoyat yuborilishi bilan qaror ijrosini avtomatik to‘xtatish imkoniyati yaratish nazarda tutilmoqda.

 

Davlat rahbari tadbirkorlar huquqlarini ishonchli himoya qilish, adolat va shaffoflikni ta’minlash hamda huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.