Jahon

AQSh Rossiya neftiga qarshi sanksiyalarni qayta tikladi

Yaqin Sharqdagi urush fonida Rossiya nefti savdosiga vaqtinchalik ruxsat berilgan. Mazkur yengillik 11-apreldan o‘z kuchini yo‘qotgan.

AQSh Rossiya neftiga qarshi sanksiyalarni qayta tikladi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Rossiya nefti va neft mahsulotlariga nisbatan joriy etilgan vaqtinchalik sanksiya yengilligini to‘xtatadi. Bu haqda Bloomberg'ga tayanib, Moscow Times xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 12-martgacha kemalarga yuklangan neftni qonuniy sotishga ruxsat bergan ushbu choralar 11-aprel kuni o‘z kuchini yo‘qotgan. Mazkur yengillik Yaqin Sharqdagi urush fonida energiya bozorlarida yuzaga kelgan keskinlik sabab joriy etilgan edi.

 

Xususan, Eron tomonidan Hormuz bo‘g‘ozining yopilishi global neft eksportining kuniga qariyb 13 million barrelga qisqarishiga va narxlarning 100 dollardan oshishiga olib kelgan. Shu sharoitda Oq uy global bozorda taklifni oshirish maqsadida Rossiya va Eron neftiga qo‘yilgan ayrim cheklovlarni vaqtincha yumshatgan edi.

 

The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, Eron neftini sotishga berilgan qisqa muddatli ruxsat 19-aprelda yakuniga yetadi. AQSh Moliya vazirligi ushbu muddat ham uzaytirilmasligini bildirgan.

 

Shu bilan birga, Xalqaro energiya agentligi hisobotiga ko‘ra, 2026-yil mart oyida Rossiyaning neft va neft mahsulotlari eksportidan tushgan daromadi 19 milliard dollarga yetgan. Bu fevral oyiga nisbatan 9,3 milliard dollarga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan esa 4,8 milliard dollarga ko‘pdir.

 

Hisobotda qayd etilishicha, Rossiyadan neft eksporti kuniga 0,27 million barrelga oshib, 4,6 million barrelni tashkil etgan. Neft mahsulotlari eksporti esa 0,05 million barrelga ko‘payib, 2,5 million barrelga yetgan. Natijada umumiy eksport hajmi kuniga 7,1 million barrelgacha oshgan.

 

Bundan tashqari, mart oyida Rossiyada neft qazib olish hajmi kuniga 0,29 million barrelga ko‘payib, 8,96 million barrelni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich OPEC+ doirasida belgilangan kvotadan 0,61 million barrelga kam bo‘lsa-da, suyuq uglevodorodlar umumiy qazib olish hajmi kuniga 10,32 million barrelgacha yetgani ta’kidlangan.

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Bu virus odamda ilk bor aniqlangan holat bo‘lib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemorga u mayda qon so‘ruvchi hasharot chaqishi orqali yuqqan.

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Mamlakat sharqida yana to‘rtta dron urib tushirilgan.

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Ehtimoliy hujumlarda yadroviy inshootlar, energetika infratuzilmasi, raketa va dron arsenallari nishonga olinishi mumkin.

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Ichki ishlar vazirligi folbinlar, sehrgarlar, fohishalar, ularning mijozlari va oila a’zolarini maxsus ma’lumotlar bazasiga kiritib, doimiy monitoring qilishni boshladi.

Putin muzokaralarga rozi bo‘ldi: Rossiya, Ukraina va AQSh uchrashuvi kutilmoqda

Putin muzokaralarga rozi bo‘ldi: Rossiya, Ukraina va AQSh uchrashuvi kutilmoqda

Kreml muzokaralar 10-noyabr yoki undan keyin Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Netanyaxu Eronga zarbalarni qayta boshlamoqchi — FT

Netanyaxu Eronga zarbalarni qayta boshlamoqchi — FT

AQSh esa saylovlargacha keskin choralar ko'rishni istamayapti.

Ikki oyda 400 milliard dollar: AQSh qarzi o‘sishda davom etmoqda

Ikki oyda 400 milliard dollar: AQSh qarzi o‘sishda davom etmoqda

AQSHning davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yetdi.

AQSh yordamisiz Ukraina bugun mavjud bo‘lmas edi — Rubio

AQSh yordamisiz Ukraina bugun mavjud bo‘lmas edi — Rubio

AQSh Davlat kotibi Vashington yordamisiz Ukraina suveren davlat sifatida mavjud bo‘lmasligi mumkinligini aytdi.