Jahon

Rossiya Xitoyga energetika sohasida yordam berishga tayyor — Rossiya TIV

Sergey Lavrov ikki davlat tashqi bosimlardan mustaqil ravishda energetika sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniga egaligini bildirdi.

Rossiya Xitoyga energetika sohasida yordam berishga tayyor — Rossiya TIV

Rossiya Xitoyga energiya yetkazib berishni oshirishga tayyor. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov chorshanba kuni Pekinda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

 

Rossiya axborot agentliklari Lavrovning so‘zlariga tayanib, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Xitoyga kutilayotgan tashrifi yilning birinchi yarmida bo‘lib o‘tishini bildirgan. “Vedomosti” gazetasi esa manbalariga tayanib, ushbu tashrif 18-maydan boshlanadigan hafta davomida amalga oshirilishini yozgan.

 

Xitoy rahbari Si Jinpin chorshanba kuni Lavrov bilan uchrashib, Moskvaga nisbatan do‘stona munosabatni tasdiqladi va Xitoy hamda Rossiya o‘zaro ishonchni mustahkamlashi, hamkorlikni chuqurlashtirishi hamda bir-birining manfaatlarini himoya qilishi zarurligini ta’kidladi.

 

Bundan tashqari, AQSh prezidenti Donald Tramp ham sakkiz yil ichidagi ilk Xitoy tashrifi doirasida 14–15-may kunlari Si Jinpin bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

 

Lavrovning aytishicha, Rossiya Yaqin Sharqdagi inqiroz oqibatida yuzaga kelgan energiya taqchilligini qoplash uchun Xitoy va boshqa davlatlarga qo‘shimcha energiya yetkazib berishni ta’minlashga tayyor.

 

“Rossiya Xitoy va biz bilan teng hamda o‘zaro manfaatli asosda hamkorlik qilayotgan boshqa davlatlar duch kelayotgan resurs yetishmovchiligini qoplab bera oladi”, — dedi vazir.

 

U, shuningdek, Rossiya va Xitoy AQShning Yaqin Sharqdagi mojarolar orqali global energiya bozorlariga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan harakatlariga qaram bo‘lib qolmaslik uchun yetarli imkoniyatlarga ega ekanini ta’kidladi. 

 

Lavrovga ko‘ra, mavjud, zaxira va rejalashtirilgan quvvatlar bunday bosimlardan qochish imkonini beradi va bu global iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biri hisoblanadi.

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.