Jahon

Rossiyaga aloqador xakerlar Ukraina prokurorlarining elektron pochta akkauntlarini buzgan — Reuters

Shunga o'xshash holatlar Ruminiya, Gretsiya, Bolgariya va Serbiyada ham qayd etilgan.

Rossiyaga aloqador xakerlar Ukraina prokurorlarining elektron pochta akkauntlarini buzgan — Reuters

Rossiyaga aloqador xakerlar Ukraina prokurorlari va tergovchilarining 170 dan ortiq elektron pochta akkauntlarini buzgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, xakerlik hujumlari 2024-yil sentyabridan 2026-yil martigacha davom etgan bo‘lib, umumiy hisobda kamida 284 ta elektron pochta akkounti buzilgan. Kiberhujumlar sodir bo‘lgani  xakerlar tomonidan tasodifan ochiq qoldirilgan server orqali britaniyalik hamda amerikalik kiberxavfsizlik mutaxassislaridan iborat Ctrl-Alt-Intel guruhi tomonidan aniqlangan.

 

Tahlillarga ko‘ra, hujumlar asosan Ukraina huquq-tartibot organlari xodimlariga qaratilgan. Xususan, harbiy sohadagi korrupsiya va josuslikka qarshi kurashuvchi maxsus prokuratura, Aktivlarni boshqarish agentligi (ARMA) hamda prokurorlar malaka oshirish markazi xodimlari nishonga olingan.

 

Jabrlanganlar orasida ARMA sobiq rahbari Yaroslava Maksimenko hamda prokurorlar markazi direktor o‘rinbosari Oleg Duka bor. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi ixtisoslashgan prokuraturaning yuqori lavozimli xodimlaridan birining ma’lumotlari qo‘lga kiritilgani aytilmoqda.

 

Ekspertlar fikricha, xakerlar Ukraina tergovchilaridan oldinda bo‘lish yoki yuqori martabali amaldorlar haqida muhim ma’lumotlarni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.

 

Mazkur kampaniya “Fancy Bear” nomi bilan tanilgan Rossiya harbiy xakerlik guruhiga bog‘lanmoqda. Biroq ayrim kiberxavfsizlik mutaxassislari bu guruhning bevosita ishtirokini tasdiqlamagan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, xakerlik hujumlari faqat Ukraina bilan cheklanmagan. Ruminiyada kamida 67 ta, Gretsiyada 27 ta elektron pochta akkaunti buzilgan, shuningdek Bolgariya va Serbiyada ham shunga o‘xshash holatlar qayd etilgan.

 

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ushbu hodisa Rossiyaga aloqador kiberjosuslik faoliyatining kengroq tizimining bir qismi bo‘lishi mumkin.

 

Rossiya tomoni xakerlik faoliyatiga aloqadorlik haqidagi ayblovlarni rad etib kelmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiyaga aloqador xakerlar Ukraina prokurorlarining elektron pochta akkauntlarini buzgan — Reuters | Zamon.uz