O'zbekiston

Toshkentda metro poyezdi eshiklari ochiq holda harakatlandi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Toshkentda metro poyezdi eshiklari ochiq holda harakatlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda metro poyezdi vagoni eshigi ochiq holda harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha “Toshkent metropoliteni” rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 14-aprel kuni soat taxminan 12:53 da “Alisher Navoiy” metro bekatidan harakatlanishi rejalashtirilgan 34-sonli harakat tarkibida yo‘lovchilar qabul qilingandan so‘ng mashinist Sh.A. Abilkasimov tomonidan eshiklarni yopish buyrug‘i berilganiga qaramasdan, uchinchi vagonning birinchi eshigi to‘liq yopilmagan.

 

Shunga qaramay, mashinist “O‘zbekiston” metro bekati tomon harakatni davom ettirgan. Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezd bekatda to‘xtatilib, yo‘lovchilar tushirilgan hamda harakat tarkibi texnik ko‘rik yo‘lagiga olib ketilgan.

 

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, mashinist Sh.A. Abilkasimovga nisbatan qat’iy intizomiy chora ko‘rilishi belgilangan.

 

“Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanashini va bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha nazorat choralari kuchaytirilayotganini ta’kidlab, keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘radi.

 

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

Musobaqalarda 90 dan ortiq mamlakatdan 3 mingdan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev nomiga Mustaqillikning 35-yilligi munosabati bilan xorijdan tabrik maktublari kelmoqda

Xorijiy hamkorlar o‘z maktublarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va xalqaro maydondagi faol rolini yuqori baholagan.

custom img

O‘zbek tilini o‘rganish xalqaro darajaga chiqmoqda

Oksford talabalari uchun O‘zbekistonda Yozgi maktab o‘z ishini boshladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘z tabrigida mamlakat rivoji oldida qator yirik vazifalar turganini ta’kidladi.

custom img

Rossiyadan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Yana 22 nafar bolani O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

custom img

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yong‘in chiqdi

Rekonstruksiya qilinayotgan bino hovlisidagi elektr qutisi yongan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Bishkek shahriga yetib bordi

“Manas” xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Adilbek Qasimaliyev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

custom img

O‘zbekistonda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yer silkinishi Gazli shahri, Peshko‘ va Jondor tumanida sezilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"