2026-yil maydan ayrim IESlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish tariflari oshiriladi
O‘zgarishlar aholi va yakuniy iste’molchilarga tatbiq etilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, 2026-yil may oyidan boshlab “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Angren IES” AJ, “Yangi Angren IES” AJ, “Talimarjon IES” AJ hamda “Tahiatosh IES” AJlarda ishlab chiqarish tariflarini oshirilishi kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, mazkur tariflar ichki tarmoq uchun belgilangan bo‘lib, yagona xarid qiluvchi sifatida “O‘zenergosotish” AJ uchun tatbiq etiladi. Ushbu o‘zgarishlar aholi va boshqa iste’molchilar uchun tatbiq etilmaydi.








