O'zbekiston

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

 

O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevga harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, rezerv va zaxiradagi ofitserlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

 

Taqdimotda avvalo Qurolli Kuchlarning jangovar shayligi va harbiy tayyorgarligini yanada oshirish, shaxsiy tarkibni zamonaviy talablar asosida o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

 

Qayd etilishicha, qo‘shinlarda strategik va qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari, dala mashg‘ulotlari hamda o‘quv kurslari tizimli ravishda o‘tkazilmoqda. Mashg‘ulotlar jarayonida harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligi, stressli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish va jangovar vazifalarni mustaqil bajarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Shuningdek, zamonaviy harbiy harakatlar tajribasidan kelib chiqib, o‘quv jarayonlarida yangi jangovar usullar va texnologiyalar joriy etilayotgani, bo‘linmalarning tezkorligi va jangovar salohiyatini oshirish bo‘yicha ishlar davom ettirilayotgani ta’kidlandi.

 

Taqdimotda 9-may – Xotira va qadrlash kunini munosib nishonlash masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Ushbu sana yurtimizda tinchlikni asrash, mustaqillikni mustahkamlash hamda Vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilganlarni yod etishning muhim ifodasi ekani qayd etildi.

 

Joriy yilda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 30 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti berish taklif qilindi. Shuningdek, urush va mehnat faxriylariga hurmat ko‘rsatish, yolg‘iz va ehtiyojmand keksalarning uy-joylarini obodonlashtirish hamda turli xotira tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uch avlod uchrashuvlari, sport musobaqalari va ijodiy kechalar tashkil etilishi belgilandi.

 

Taqdimotda rezerv va zaxiradagi ofitserlar tayyorlash tizimini takomillashtirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bugungi global harbiy vaziyat tahlili tinchlik davrida professional zaxira kadrlarni tayyorlash muhimligini ko‘rsatmoqda.

 

Shu maqsadda oliy ta’lim muassasalarida harbiy tayyorgarlik markazlari sonini kengaytirish, yangi mutaxassisliklar ochish hamda sun’iy intellekt, dron va robototexnika kabi zamonaviy yo‘nalishlarda ofitserlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

 

Shuningdek, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish doirasida ofitserlarga xizmat yillari uchun ustamalarni oshirish, kontrakt asosidagi harbiy xizmatchilar oylik maoshini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, ularning ijrosi harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, harbiy xizmat nufuzini yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.