O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini 18-aprel — uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan samimiy tabrikladi.

 

Davlat rahbari tabrigida kommunal soha xodimlarining fidokorona mehnati mamlakatimiz aholisining farovon hayotini ta’minlash, shahar va qishloqlarda zamonaviy infratuzilma yaratish hamda qulay yashash sharoitlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi.

 

Prezident so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda mamlakatimizda uy-joy kommunal xo‘jaligi tizimini modernizatsiya qilish, boshqaruv tizimini takomillashtirish va xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ilg‘or xalqaro tajribalar asosida boshqaruv servis kompaniyalari tashkil etilib, ularning faoliyati uchun zarur huquqiy va tashkiliy sharoitlar yaratilgan.

 

Bugungi kunda mamlakatdagi 45 mingdan ortiq ko‘p qavatli uylarning 90 foizdan ortig‘iga 1 mingdan ziyod boshqaruv tashkilotlari xizmat ko‘rsatmoqda.

 

So‘nggi 9 yil davomida 3,7 trillion so‘mlik mablag‘lar hisobidan 51 mingga yaqin uy-joy ta’mirlandi, 3,5 mingdan ortiq lift zamonaviy yangisiga almashtirildi.

 

Shuningdek, sohada raqamlashtirish jarayonlari jadal davom etmoqda. Natijada 42 mingga yaqin ko‘p qavatli uy va 1,5 milliondan ortiq mulkdor “Mening uyim” billing tizimida ro‘yxatga olindi. Bu esa boshqaruv tashkilotlari faoliyatini shaffof kuzatish va baholash imkonini bermoqda.

 

Kommunal infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishida ham katta natijalarga erishildi. Jumladan, 3 400 ta ichimlik va oqova suv inshooti hamda 42 ming kilometrdan ortiq suv tarmoqlari qurildi va rekonstruksiya qilindi. Natijada aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 2017-yildagi 63 foizdan bugungi kunda qariyb 83 foizga yetdi.

 

Issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish doirasida 100 ga yaqin qozonxona va 1 276 kilometr issiqlik tarmoqlari yangilandi va ta’mirlandi. 3 800 dan ortiq ko‘p qavatli uy hamda 371 ta ijtimoiy obyekt issiqlik ta’minoti tizimiga ulandi.

 

Davlat rahbari kelgusidagi ustuvor vazifalarga ham to‘xtalib, 2030-yilgacha aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini 90 foizga yetkazish, 103 ta yangi qozonxona va 1 600 kilometr issiqlik tarmoqlarini barpo etish hamda rekonstruksiya qilish rejalashtirilganini ta’kidladi. Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida va xalqaro moliya institutlari ishtirokida 13 ta yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

 

Prezident o‘z tabrigida kommunal soha oldida turgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda soha xodimlarining bilim va tajribasi, fidoyiligi va mas’uliyati hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

 

Tabrik yakunida davlat rahbari barcha soha xodimlariga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, ishlarida muvaffaqiyat va yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissalari uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"