O'zbekiston

O‘zbekiston Belarusdan 4 ming gektar ekin maydonini ijaraga oladi

Ushbu yer maydonida ming bosh qoramol parvarishlash rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Belarusdan 4 ming gektar ekin maydonini ijaraga oladi

Qashqadaryo viloyati delegatsiyasining Belarusga amalga oshirgan tashrifi doirasida qator muhim iqtisodiy va gumanitar kelishuvlarga erishildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, tashrif davomida O‘zbekiston vakillari Belarusning Vitebsk viloyatida joylashgan Braslav, Shumilin, Postav kabi hududlardagi chorvachilik komplekslari hamda savdo obyektlari faoliyati bilan tanishgan. Shuningdek, Vitebsk viloyati ijroiya qo‘mitasi rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘shma ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirish masalalari muhokama qilingan.

 

Tashrif doirasida “Asl Yuksalish Savdo” va “Muborak qorako‘lchilik” korxonalari hamda Shumilin tumanidagi “Sirotinskiy” chorvachilik fermasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

 

Erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni Belarus hududida 4 ming gektar ekin maydonini uzoq muddatli ijaraga oladi. Ushbu yer maydonida yirik agrar loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, uning birinchi bosqichida 1 ming bosh qoramol parvarishlash ko‘zda tutilgan.

 

Shu bilan birga, eksport yo‘nalishida ham sezilarli natijalarga erishildi. Jumladan, “Asl Yuksalish Savdo” korxonasi Belarusning yirik savdo tarmoqlaridan biri — “Dobronom” yopiq aksiyadorlik jamiyati bilan shartnoma imzoladi.

 

Ushbu shartnomaga muvofiq, O‘zbekistondan Belarusga har yili 60 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib beriladi. Eksport tarkibiga quruq mevalar, dukkakli ekinlar, poliz mahsulotlari hamda uzum kiritiladi.

 

Iqtisodiy hamkorlik bilan bir qatorda, gumanitar aloqalarni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, turistik sohada hamkorlikni kuchaytirish maqsadida ikki mamlakat turizm vakillari uchun o‘zaro tanishuv safarlarini tashkil etishga kelishib olindi.

 

Shuningdek, Belarus Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbari Yuriy Senko bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Qashqadaryo viloyati teatri jamoasining Minsk sahnalarida spektakllar namoyish etishi tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

custom img

“Karvon” bozori yonmoqda: qutqaruvchilar voqea joyida

Hozirda yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

custom img

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

“Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk mashina tirkamasining poliga yashirilgan o‘ramlardan 42,3 kilogramm gashish va 10,2 kilogramm opiy topilgan.

custom img

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Avvalroq 4 yoshli qizcha o‘gay onasining kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Kiyev va Moskva zarbalar almashdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Hujumlar chog‘ida Odessa viloyatida Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema va Kiyevdagi Shimoliy ko‘prik ham nishonga olingan. Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarga zarba bergan.

custom img

Mahkumlarni vataniga o‘tkazish: O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi bitim ratifikatsiya qilinadi

Bitimga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumlar jazoning qolgan qismini fuqarosi bo‘lgan davlatda o‘tashi uchun o‘tkazilishi mumkin.

custom img

O'gay qizini o'ldirdi: Qashqadaryoda 4 yoshli qiz o‘gay onasi urishi oqibatida vafot etdi

Bosh qismidan jiddiy jarohat olgan qizaloqning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan va u shu kuni hayotdan ko‘z yumgan.

custom img

Yangihayotda qurilayotgan masjidda yong‘in: qutqaruvchilar yetib bordi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

custom img

Qalbaki pullar va “bosmaxona”: Namanganda 51,5 mln so‘mlik qalbaki pullar aniqlandi

Pullar tayyorlab sotganlikda gumonlangan ikki shaxs ushlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"