Jahon

Avstraliyadagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in yuz berdi

Mazkur yong‘in global yonilg‘i inqirozi fonida mamlakatda benzin ta’minoti bilan bog‘liq xavotirlarni yanada kuchaytirdi.

Avstraliyadagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in yuz berdi

Avstraliyadagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yuz bergan yong‘in mamlakatda yonilg‘i ta’minoti bilan bog‘liq xavotirlarni kuchaytirdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Melburndan janubi-g‘arbda joylashgan Gilong shahridagi Viva Energy kompaniyasiga qarashli Corio neftni qayta ishlash zavodida 16-aprelga o‘tar kechasi yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda xizmatlar portlash va alangalar haqidagi xabarlardan so‘ng hodisa joyiga yetib borgan.

 

Yong‘in 13 soat davom etib, payshanba kuni o‘chirildi. Hodisa vaqtida zavod hududida bo‘lgan o‘nlab ishchilar evakuatsiya qilingan. jabrlanganlar yo‘q.

 

Mazkur zavod Viktoriya shtati yoqilg‘isining qariyb 50 foizini, mamlakat bo‘yicha esa 10 foizini ishlab chiqaradi. Hozirda u qisman faoliyat yuritmoqda, biroq hukumat benzin ishlab chiqarish hajmiga ta’sir bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

 

Avstraliya energetika vaziri Chris Bowen yong‘in global yoqilg‘i inqirozi sharoitida yuz berganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronda urush boshlangach, mamlakatda yoqilg‘i ta’minoti allaqachon bosim ostida qolgan.

 

So‘nggi haftalarda dizel narxlari keskin oshib, ayrim hududlarda yoqilg‘i tanqisligi va vahimali xaridlar kuzatilmoqda. Aviakompaniyalar esa aviayoqilg‘i narxi ko‘tarilgani sabab ayrim reyslarni qisqartirmoqda.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga uskunadagi nosozlik sabab bo‘lgan. Hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

 

Viva Energy bosh direktori Scott Wyatt yong‘in benzin ishlab chiqarishning ikki bo‘linmasiga zarar yetkazganini, boshqa qismlar esa saqlanib qolganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, xavfsizlik chorasi sifatida benzin, dizel va aviayoqilg‘i ishlab chiqarish vaqtincha kamaytirilgan.

 

Mutaxassislar Avstraliya asosan Singapur, Janubiy Koreya va Malayziyadan import qilinadigan yoqilg‘iga tayanishini bildirib, bu holat qisqa muddatda ta’minot uzilishlarini yumshatishi mumkinligini qayd etmoqda. Biroq ular mavjud zaxiralar xavf ostida qolayotganini ham ta’kidlamoqda.

 

Gilong shahri meri Stretch Kontelj ushbu hodisani “misli ko‘rilmagan” deya baholab, uning sanoat uchun katta zarba bo‘lganini bildirdi.

Avvalroq Avstraliya hukumati global iqtisodiy bosimlardan aholini to‘liq himoya qila olmasligini bildirgan edi.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tish 60 kun davomida bepul bo‘ladi

60 kunlik muddatdan so‘ng Tehron navigatsiya va xavfsizlik xizmatlari uchun to‘lov joriy etishni rejalashtirmoqda.

custom img

Tramp Oq uy maydonida ilk bor UFC turnirini o‘tkazdi

Tadbir Trampning 80 yillik yubileyi va AQSHning 250 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan.

custom img

Efiopiyada avtobus jarlikka qulashi oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘ldi

Jarohatlanganlarning ayrimlari og‘ir ahvolda ekani bildirilmoqda.

custom img

Turkiyada “O‘zbekiston mahallasi” va Shavkat Mirziyoyev bulvari ochildi

Shuningdek, Hatay viloyatida Toshkent va Samarqand ko‘chalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

AQSH Yaqin Sharqning qo'riqchisi bo'lishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Eron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz bo‘lsa AQSh harbiy harakatlarni qayta boshlashi mumkinligini aytdi.

custom img

Afg‘onistonda ayollarga qo‘yilgan yangi cheklovlarga qarshi noroziliklar kuch bilan bostirildi

Yangi qoidalarni buzganlikda ayblanib kamida 30 nafar ayol va qiz qo‘lga olingan.

custom img

AQSh va Eron harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Kelishuvni rasmiy imzolash marosimi 19-iyun kuni Jenevada o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

custom img

Tramp Isroilning Livanga qilgan hujumini qoraladi

AQSH va Eron o‘rtasida muhim kelishuv imzolanishi kutilayotgan bir paytda Isroilning Bayrutga bergan zarbasi diplomatik jarayonlarga soya solgani aytilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"