Jahon

Pentagon Eronga qarshi yangi operatsiya boshladi

Bu operatsiya “Epik g‘azab”ning kengaytirilgan bosqichi ekani aytilmoqda.

Pentagon Eronga qarshi yangi operatsiya boshladi

AQSh Mudofaa vazirligi Eron Islom Respublikasiga qarshi yangi bosim choralari doirasida “Iqtisodiy g‘azab” nomli operatsiya boshlanganini ma’lum qildi.

 

AQSh mudofaa vaziri Pet Hegsetnining aytishicha, ushbu tashabbus Tehronga maksimal iqtisodiy bosim o‘tkazish orqali uni “to‘g‘ri qaror” qabul qilishga undashga qaratilgan. U Vashington muzokaralarni afzal ko‘rishini, biroq zarurat tug‘ilsa, qat’iy variantlar ham istisno emasligini ta’kidladi.

 

Hegset, shuningdek, AQSh harbiylari avval ham yirik jangovar operatsiyalardan global blokada va bosim tizimiga o‘tganini, bu tajriba tez va yanada kuchli shaklda qayta qo‘llanishi mumkinligini qayd etdi. 

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Prezident Donald Tramp topshirig‘iga binoan Vashington Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik siyosatini davom ettiradi.

 

AQSh Moliya vazirligi ham operatsiya doirasida choralarni kuchaytirishini bildirdi. Skott Bessentning qayd etishicha, Vashington “Iqtisodiy g‘azab” doirasida barcha mavjud iqtisodiy vositalardan foydalanadi va Eronni qo‘llab-quvvatlayotgan tuzilmalarga qarshi bosim yanada kuchaytiriladi. Moliya vazirligi rasmiylari bu jarayon “maksimal iqtisodiy bosim strategiyasi”ning bir qismi ekanini ta’kidlamoqda.

 

Rasmiy ma’lumotlarda operatsiya avvalroq “Epik g‘azab” nomi bilan ham tilga olingan tashabbusning kengaytirilgan bosqichi ekani aytiladi. AQSh tomoni Eronni muzokara stoliga qaytarish uchun bosim va diplomatiya parallel ravishda davom etishini bildirgan.

 

Avvalroq AQSh Eron bilan bog‘liq ayrim mintaqaviy cheklovlarni kuchaytirgani, jumladan dengiz yo‘nalishlarida nazorat va bosim choralarini kengaytirgani haqida ham xabarlar tarqalgan edi. 

 

Rasmiylar ushbu siyosat Eronning mintaqaviy ta’sirini cheklash va xavfsizlik tahdidlariga javob berishga qaratilganini aytmoqda.

 

Hozircha Eron tomoni “Iqtisodiy g‘azab” operatsiyasiga rasmiy munosabat bildirgani yo‘q. 

 

Tahlilchilarga ko‘ra, yangi bosim kampaniyasi Vashington va Tehron o‘rtasidagi allaqachon keskin bo‘lgan munosabatlarni yanada murakkablashtirishi mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.