Jahon

Eron havo hududi fuqarolik reyslari uchun qisman ochildi

Mamlakatning sharqiy qismi parvozlar uchun ochilgan, g‘arbiy hududlar esa yopiq qolmoqda.

Eron havo hududi fuqarolik reyslari uchun qisman ochildi

 

Eron fevral oyi oxiridan buyon ilk bor mamlakat havo hududining bir qismini xalqaro fuqarolik reyslari uchun qayta ochdi. Bu haqda Al Arabia Fuqaro aviatsiyasi tashkiloti vakillariga tayanib xabar bermoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, mamlakatning sharqiy qismidagi havo hududi xalqaro qatnovlar uchun ochilgan bo‘lsa, g‘arbiy hududlar hozircha yopiq holda qolmoqda.

 

Shuningdek, Tehrondagi aeroportlar yaqin kunlarda cheklangan rejimda faoliyat yuritib, kuniga ma’lum vaqt oralig‘ida samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishni amalga oshirishi kutilmoqda.

 

Rasmiy manbalarga ko‘ra, parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida bir qator qo‘shimcha talablar joriy etilgan. Jumladan, samolyotlar Eron havo hududiga kirishdan avval oldindan aniqlanishi hamda qo‘shni davlatlar dispecherlik xizmatlari bilan muvofiqlashtirilgan aloqa o‘rnatishi lozim.

 

Fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti mamlakat bo‘ylab aeroportlarda qatnovlar harbiy va fuqarolik tuzilmalari texnik hamda operatsion tayyorgarligidan kelib chiqib bosqichma-bosqich tiklanishini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"