Jahon

AQSh Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida Eron kemasini qo‘lga oldi

Tehron bu holatni qaroqchilik deb atab, javob qaytarishini ma’lum qildi.

AQSh Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida Eron kemasini qo‘lga oldi

AQSh prezidenti Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida Eron bayrog‘i ostidagi yuk kemasi qo‘lga olinganini ma’lum qildi

 

Rasmiy Vashingtonga ko‘ra, kema AQSh tomonidan joriy etilgan dengiz blokadasini buzib o‘tishga uringan.

 

Trampning bildirishicha, "Touska" nomli kema Ummon qo‘ltig‘ida AQSh Harbiy-dengiz kuchlari esminetsi tomonidan to‘xtashga chaqirilgan, biroq ekipaj buyruqqa bo‘ysunmagan. Shundan so‘ng kema dvigatel qismi zararlangan va AQSh dengiz piyodalari tomonidan nazoratga olingan. Hozirda kema borti tekshirilmoqda.

 

AQSh Markaziy qo‘mondonligi ma’lumotiga ko‘ra, kema Eronning Bandar-Abbos portiga yo‘l olgan bo‘lib, olti soat davomida berilgan ogohlantirishlarga amal qilmagan.

 

Eron tomoni esa voqeani keskin qoraladi. Mamlakatning oliy harbiy qo‘mondonligi AQShni avval erishilgan sulhni buzishda ayblab, bu harakatni “qurolli dengiz bosqinchiligi” deb atadi. Xotam al-Anbiya qo‘mondonligi vakiliga ko‘ra, Tehron yaqin orada javob choralarini ko‘radi.

 

Mazkur hodisa Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi keskin vaziyat fonida yuz bermoqda. Ushbu hudud orqali dunyo neftining qariyb beshdan bir qismi tashiladi. 

 

AQSh 13-apreldan buyon Eron portlariga yo‘nalgan kemalarga nisbatan blokada joriy qilgan.

 

Eron parlamenti spikeri Muhammad Bag‘er G‘olibaf blokada bekor qilinmaguncha bo‘g‘oz orqali erkin harakat bo‘lmasligini ta’kidladi.

 

Avvalroq Eron Livandagi Hizbulloh bilan bog‘liq hududdagi 10 kunlik sulh fonida bo‘g‘oz qayta ochilganini bildirgan edi. Biroq AQSh blokadasi saqlanib qolayotgani sababli cheklovlar davom etmoqda.

 

Shu bilan birga, AQSh muzokarachilarining Islomobodda Eron bilan ehtimoliy muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda. Bu esa qisqa muddatli sulhni uzaytirish ehtimolini oshirgandi. Biroq Eron davlat OAVlari Tehron muzokaralarning navbatdagi bosqichiga hali rozilik bermaganini yozmoqda.

custom img

Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga revolver sovg‘a qildi

Sovg‘a ayrim delegatsiyalar uchun qurolni mamlakatiga olib kirish bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqardi.

custom img

Omskdagi dron hujumlariga aloqamiz yo‘q — Qozog‘iston TIV

Tashqi ishlar vazirligi Omsk viloyatiga hujum qilgan dronlar mamlakat hududidan uchirilgani haqidagi xabarlarni rad etib, bunday da’volar hech qanday dalil bilan tasdiqlanmaganini bildirdi.

custom img

Xitoyda “Maysak” tropik bo‘roni oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi

Hududlarda yog‘ingarchilik miqdori 90 santimetrgacha yetgan.

custom img

Germaniyada jazirama fonida o‘lim holatlari keskin oshdi

Iyun oxiridagi jazirama davrida o‘lim holatlari so‘nggi uch yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 5,6 ming nafarga oshgan.

custom img

AQShga qilingan har bir hujumga Eronga 20 karra zarba beramiz — Tramp

AQSh prezidenti Eronni yangi hujumlardan ogohlantirib, harbiy javob yanada keskin bo‘lishini bildirdi.

custom img

BMT Sudandagi RSF qurolli guruhi harakatlarini genotsid sifatida baholadi

BMT missiyasi joriy yil fevralida e’lon qilgan hisobotida ham Al-Fashir bosib olinganida arab bo‘lmagan jamoalarga qarshi sodir etilgan ommaviy qotilliklarda genotsid alomatlari mavjudligini qayd etgan edi.

custom img

Biz bugun kechqurun Eronga qattiq zarba beramiz — Tramp

Tramp Eronni muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarga rioya qilmayotganlikda aybladi.

custom img

Rossiya xalqaro futbol o‘yinlariga qaytmaydi

Rossiya futboli 2022-yilda Ukrainaga urush boshlanganidan keyin barcha xalqaro musobaqalardan chetlatilgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"