Jahon

Germaniya hukumati Rossiyani o‘z hududidagi obyektlarga "to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid" qilishda ayblamoqda

Rossiya Ukrainaga dron yetkazib beradigan Germaniyadagi korxonalarning joylashuvi va faoliyati haqida ochiq ma’lumot bergan.

Germaniya hukumati Rossiyani o‘z hududidagi obyektlarga "to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid" qilishda ayblamoqda

Germaniya hukumati Rossiyaning Berlindagi elchisini Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirib, Germaniyadagi obyektlarga nisbatan “to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid” qiladigan bayonotlarni keskin qoraladi. Bu haqda Al Jazeera yozmoqda.

 

Ma'lum qilinishicha, o‘tgan hafta Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina mudofaa sanoati bilan bog‘liq deb hisoblangan 21 ta kompaniya ro‘yxatini e’lon qilgan edi. Ular orasida Germaniyaning kamida uchta kompaniyasi ham tilga olingan bo‘lib, ularning Ukraina uchun dron (UAV) yetkazib berishda ishtirok etayotgani qayd etilgan.

 

Rossiya tomoni ushbu korxonalarning joylashuvi va faoliyati haqida ochiq ma’lumot bergan.Vazirlik xabarida o‘sha joylar nishonga olinishi mumkinligi haqidagi noaniq taklif mavjud edi.

 

“Yevropa jamoatchiligi nafaqat o‘z xavfsizligiga tahdidlarning asl sabablarini aniq tushunishi, balki o‘z mamlakatlarida Ukraina uchun uchuvchisiz uchish apparatlari (UAV) va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarayotgan ukrain hamda ‘qo‘shma’ korxonalarning manzillari va joylashuvini ham bilishi kerak”, — deya yozgan Rossiya Mudofaa vazirligi.

 

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tahdidlar Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosatni zaiflashtirish va Yevropa ittifoqining birligini sinovdan o‘tkazishga urinish sifatida baholanmoqda.

 

“Bizni qo‘rqitib bo‘lmaydi. Germaniyada har qanday tahdid va josuslik faoliyati mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

 

Rossiya elchixonasi hozircha mazkur masalaga izoh bermagan.

 

Shuningdek, Germaniya va Ukraina strategik mudofaa hamkorligini kuchaytirishga kelishib olgan. Kelishuv doirasida havo mudofaasini mustahkamlash va dron ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni kengaytirish ko‘zda tutilgan.

 

Tomonlar qo‘shma bayonotda havo mudofaasi bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek Ukraina dron sanoatini qo‘llab-quvvatlash va qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini rivojlantirishni rejalashtirganini bildirgan.

 

Dushanba kuni Rossiya xavfsizlik idoralari Germaniya fuqarosi bo‘lgan ayolni hibsga oldi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) ma’lumotiga ko‘ra, u Kavkazdagi Pyatigorsk shahrida portlovchi qurilma bilan qo‘lga olingan va Ukraina bilan bog‘liq ehtimoliy reja doirasida harakat qilganlikda gumon qilinmoqda.

 

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi bu hodisalardan xabardor ekanini, biroq shaxsiy ma’lumotlar va tergov jarayoni sababli qo‘shimcha izoh bermasligini bildirdi.

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Bu virus odamda ilk bor aniqlangan holat bo‘lib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemorga u mayda qon so‘ruvchi hasharot chaqishi orqali yuqqan.

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Mamlakat sharqida yana to‘rtta dron urib tushirilgan.

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Ehtimoliy hujumlarda yadroviy inshootlar, energetika infratuzilmasi, raketa va dron arsenallari nishonga olinishi mumkin.

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Ichki ishlar vazirligi folbinlar, sehrgarlar, fohishalar, ularning mijozlari va oila a’zolarini maxsus ma’lumotlar bazasiga kiritib, doimiy monitoring qilishni boshladi.

Putin muzokaralarga rozi bo‘ldi: Rossiya, Ukraina va AQSh uchrashuvi kutilmoqda

Putin muzokaralarga rozi bo‘ldi: Rossiya, Ukraina va AQSh uchrashuvi kutilmoqda

Kreml muzokaralar 10-noyabr yoki undan keyin Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Netanyaxu Eronga zarbalarni qayta boshlamoqchi — FT

Netanyaxu Eronga zarbalarni qayta boshlamoqchi — FT

AQSh esa saylovlargacha keskin choralar ko'rishni istamayapti.

Ikki oyda 400 milliard dollar: AQSh qarzi o‘sishda davom etmoqda

Ikki oyda 400 milliard dollar: AQSh qarzi o‘sishda davom etmoqda

AQSHning davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yetdi.

AQSh yordamisiz Ukraina bugun mavjud bo‘lmas edi — Rubio

AQSh yordamisiz Ukraina bugun mavjud bo‘lmas edi — Rubio

AQSh Davlat kotibi Vashington yordamisiz Ukraina suveren davlat sifatida mavjud bo‘lmasligi mumkinligini aytdi.