O'zbekiston

Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tayotgan kemalardan to‘lov undirishni boshladi

Kemalardan undirilgan boj to‘lovlari hisobidan olingan ilk daromad mamlakat Markaziy banki hisobiga o‘tkazildi.

Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tayotgan kemalardan to‘lov undirishni boshladi

Eron parlamenti spikeri o‘rinbosari Hamidrizo Hoji Baboyi Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi kemalardan undirilgan boj to‘lovlari hisobidan olingan ilk daromad mamlakat Markaziy banki hisobiga o‘tkazilganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda BBC.

 

Tasnim xabariga ko‘ra, parlament spikeri mablag‘lar qanday tartibda yig‘ilgani yoki ularni kimlar to‘lagani haqida qo‘shimcha ma’lumot bermagan. BBC esa ushbu ma’lumotni mustaqil tasdiqlay olmaganini qayd etgan.

 

Avvalroq, amaldagi sulh e’lon qilinishidan oldin Tehron Hormuz bo‘g‘ozi orqali harakatni “do‘st” davlatlar bilan cheklashini bildirgan hamda bu hududdan o‘tuvchi kemalardan boj undirish masalasi muhokama qilingan. Biroq o‘sha davrda to‘lov miqdori yoki umuman haq olinayotgani yuzasidan aniqlik kiritilmagan.

 

Xususan, mart oyi oxirlarida Eronning Hindistondagi elchixonasi Eron kemalardan bo‘g‘ozdan o‘tish uchun 2 million dollar miqdorida to‘lov undirilayotgani haqidagi da’volarni rad etgan edi.

 

Shu bilan birga, yana bir eronlik deputat Alirizo Salimiy manbalarga tayanib Tasnim agentligiga bergan izohida, Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tgan kemalardan to‘lovlar undirilganini aytgan.

 

Uning ta’kidlashicha, undirilgan mablag‘ miqdori kema turi, yuk hajmi va xavf darajasiga qarab farq qiladi.

 

 “Qoidalarni biz belgilaymiz”, — degan u.

 

AQSH prezidenti Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tish uchun Eronga to‘lov qilgan kemalarga nisbatan choralar ko‘rilishi mumkinligini bildirgan edi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"