O'zbekiston

Germaniya Rossiyani Yevropa xavfsizligiga asosiy tahdid sifatida ko‘rmoqda

Bundesver mamlakat tarixida ilk bor harbiy strategiya va qurolli kuchlarni rivojlantirish konsepsiyasini qabul qildi.

Germaniya Rossiyani Yevropa xavfsizligiga asosiy tahdid sifatida ko‘rmoqda

Germaniya Qurolli kuchlari (Bundesver) mamlakat tarixida ilk bor harbiy strategiya va qurolli kuchlarni rivojlantirish konsepsiyasini qabul qildi. Bu haqda DW xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha hujjatda Rossiya Yevropa xavfsizligi uchun asosiy tahdid sifatida qayd etilgan hamda Bundesverni Yevropadagi eng kuchli armiyaga aylantirish maqsadi belgilangan.

 

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius 22-aprel kuni Berlinda taqdim etilgan kompleks mudofaa konsepsiyasi doirasida mamlakatning o‘zgarayotgan xavfsizlik muhitiga mos yangi yondashuv ishlab chiqilganini ma’lum qildi. Hujjatning asosiy qismi maxfiy hisoblanadi.

 

Vazir Rossiya prezidenti Vladimir Putin rahbarligidagi siyosatni NATO uchun bevosita xavf sifatida baholadi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya qayta qurollanish orqali NATO bilan harbiy qarama-qarshilikka tayyorlanmoqda va harbiy kuchni siyosiy maqsadlarda qo‘llashni odatiy vosita sifatida ko‘rmoqda.

 

Yangi strategiyaga ko‘ra, kamida 460 ming nafar nemis harbiylari ittifoqchilar bilan birgalikda Rossiyadan kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy tahdidga qarshi turishga tayyor bo‘lishi kerak.

 

Hujjatda Rossiya tomonidan NATO davlatlariga, jumladan Germaniyaga qarshi gibrid tahdidlar, jumladan kiberhujumlar, dezinformatsiya, josuslik va sabotaj faoliyatlari olib borilayotgani qayd etilgan. 

 

Shu bilan birga, Rossiyaning G‘arbni dushman sifatida ko‘rishi va NATO birligini zaiflashtirishga intilayotgani ta’kidlangan.

 

Pistorius Germaniyani qisqa muddatda mudofaa qobiliyatini oshirish, o‘rta muddatda harbiy salohiyatni kengaytirish va uzoq muddatda texnologik ustunlikka erishishga yo‘naltirilganini bildirdi. Uning aytishicha, Bundesver Yevropadagi eng kuchli konvensional armiyaga aylantiriladi.

 

Strategiyada kelajak urushlarida axborot ustunligi, sun’iy intellekt, kvant texnologiyalari, robototexnika va dronlar muhim rol o‘ynashi qayd etilgan. 

 

Shuningdek, kibermakonda va kosmosda harbiy salohiyatni kuchaytirish zarurligi ta’kidlangan.

 

Hujjatga ko‘ra, kelajakdagi urushlarda front va orqa chiziq o‘rtasidagi farq yo‘qoladi hamda davlat, iqtisodiyot va fuqarolar ham tahdid ostida bo‘lishi mumkin.

 

AQSH NATOning asosiy tayanchi bo‘lsa ham, biroq Germaniya ittifoq doirasida o‘z harbiy yuklamasini oshirishi kerakligi bildirilgan. Germaniya NATOning yadro tiyib turish tizimidagi ishtirokini davom ettirishi qayd etilgan.

 

Zaxira kuchlar ham qurolli kuchlarning to‘liq qismi sifatida qayta ko‘rib chiqilib, ular zarur jihozlar bilan ta’minlanishi belgilangan.

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

120 dan ortiq holatning 39 tasiga gaz ta’minoti idoralari xodimlarining aloqadorligi qayd etildi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

Endilikda banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa tashkilotlarda ayrim hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin.

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Markaz 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti.

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Hududlar bo‘yicha imtihon o‘rinlarini taqsimlash mezonlari va talab yuqori bo‘lgan joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasiga izoh berish so‘ralgan.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Yo‘lovchilar to‘planishini kamaytirish uchun poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.