Jahon

Rossiyada milliarderlar soni va ularning boyligi rekord darajaga yetdi

Milliarderlarning umumiy boyligi 696,5 milliard dollarni tashkil etib, tarixiy maksimumga chiqqan.

Rossiyada milliarderlar soni va ularning boyligi rekord darajaga yetdi

Rossiyada dollar milliarderlari soni va ularning umumiy boyligi bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. Bu haqda Forbes jurnalining rus nashri tomonidan 2026 yil uchun tuzilgan reytingda ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda DW.

 

Reytingga ko‘ra, mamlakatda dollar milliarderlari soni Ukraina urushi boshlangandan keyin 26 foizga oshib, 155 nafarga yetgan. 2021 yilda esa ularning soni 123 nafarni tashkil etgan.

 

Milliarderlarning umumiy boyligi 696,5 milliard dollarni tashkil etib, tarixiy maksimumga chiqqan. Qayd etilishicha, urush va xalqaro sanksiyalarga qaramay, bu ko‘rsatkich bir yil ichida 11 foizga oshgan.

 

Joriy yilgi reytingda “Severstal” kompaniyasi rahbari Aleksey Mordashov va uning oilasi 37 milliard dollar boylik bilan birinchi o‘rinni egallagan. Forbes ma’lumotiga ko‘ra, bu Rossiya tarixida ilk bor bir shaxsning boyligi 30 milliard dollardan oshgan holatdir.

 

Ikkinchi o‘rinda “Nornikel” rahbari Vladimir Potanin (29,7 milliard dollar), uchinchi o‘rinda esa “Lukoyl” asoschisi Vagit Alekperov (29,5 milliard dollar) joylashgan.

 

Top-10 ro‘yxatidan Leonid Mixelson, Sulayman Kerimov, Vladimir Lisin, Gennadi Timchenko, Andrey Melnichenko, Mixail Fridman hamda Alisher Usmonov ham o‘rin olgan.

 

Shuningdek, mamlakatdagi eng boy ayol sifatida Tatyana Kim qayd etilgan bo‘lib, u 8,1 milliard dollar boylik bilan reytingda 23-o‘rinni egallagan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"