O'zbekiston

"Dunyo oldingidek “sokin” bo‘lmaydi" — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston Prezidenti barcha rahbarlar dunyoqarashini mutlaqo o‘zgartirishi zarurligini aytdi.

"Dunyo oldingidek “sokin” bo‘lmaydi" — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha birinchi chorak yakunlari tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev birinchi chorak yakunlari yaxshi bo‘lgani bilan xotirjamlikka berilish xato ekanini ta’kidlab, global vaziyat keskinlashayotgan sharoitda rahbarlar ish uslubi va yondashuvlarini tubdan o‘zgartirishi zarurligini qayd etdi.

 

“Takror aytyapman: global ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, yetakchilik uchun kurash avj olayotgan hozirgi sharoitda dunyo oldingidek “sokin” bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda barcha rahbarlar o‘zi odatlanib qolgan ish uslubi, yondashuvi, kerak bo‘lsa, dunyoqarashini mutlaqo o‘zgartirishi zarur”, – dedi Prezident.

 

Davlat rahbari bu yil banklar orqali kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga 140 trillion so‘m yo‘naltirilayotganini ma’lum qildi. 

 

Keltirilgan misollarga ko‘ra, ajratilgan kreditlar hisobidan ayrim hududlarda sezilarli bandlik yaratilgan. Xususan, 1 milliard so‘m kredit evaziga Shirinda 20 ta, Uchquduqda 17 ta, Xonobod va So‘xda 14 tadan, Tomdi tumanida esa 13 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan.

 

Shu bilan birga, Uchko‘prik, Piskent, Bo‘stonliq, Karmana va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida 1 milliard so‘mlik kredit hisobiga o‘rtacha atigi 3 ta ish o‘rni yaratilayotgani bildirildi.

 

Ta’kidlanishicha, agar barcha hududlarda kreditlar samarali loyihalarga yo‘naltirilganida, qo‘shimcha 36 ming ish o‘rni yaratilishi va yana 60 ming nafar fuqaroning daromadi norasmiy sektordan chiqarilishi mumkin edi.

 

Shu munosabat bilan loyiha tanlash va kredit resurslarini taqsimlashda sun’iy intellektdan foydalanish zarurligi ta’kidlandi. Biroq hududiy bank xodimlarini sun’iy intellekt asosida ishlashga o‘qitish ishlari sustligi tanqid qilindi.

 

Mutasaddilarga tuman bank xodimlarini sun’iy intellektga o‘qitishni boshlash hamda banklarda “Sun’iy intellekt maslahatchisi” platformasini joriy etish topshirildi. Mazkur platforma tadbirkorlarga kredit olish jarayonida loyiha parametrlari, risklari va bozordagi talabni tahlil qilib, tayyor yechimlar taqdim etishi ko‘zda tutilgan.

custom img

Surxondaryodagi Aleksandr Fedin barpo etgan bog‘ davlat muhofazasiga olinadi

Holat  Prezidenti administratsiyasi hamda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan alohida nazoratga olingan.

custom img

Toshkentda elektrobus urib ketishi oqibatida bir kishi vafot etdi

Avtobus orqaga harakatlanayotgan vaqtda piyodani urib yuborgan.

custom img

Markaziy Osiyodagi ilk bepul media bank ishga tushirildi

Aura .uz platformasida 12 mingdan ortiq professional foto, video va infografik materiallar jamlangan bo‘lib, baza har kuni yangi kontentlar bilan boyitib borilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov vafot etdi

Ibrohim G‘afurov mumtoz adabiyot, folklor, adabiy tanqid va badiiy tarjima sohalarida samarali ijod qilgan.

custom img

“Prokuror” deb ko‘rsatilgan shaxs gaz “zapravka” direktori ekani aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi bilan tortishib, o‘zini prokuror sifatida tanishtirgan shaxs ishtirokidagi video yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy munosabat bildirdi.

custom img

Toshkentda IIB binosida PPX xodimiga pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi

Uning mashinasidan o‘tkir hidli modda solingan paketlar topilgan.

custom img

Firibgarlarning yangi tuzog‘i: Telegramda soxta sud chaqiruvlari tarqatilmoqda

Shubhali fayl yoki havola ochilishi Telegram akkaunti va shaxsiy ma’lumotlarning o‘g‘irlanishiga olib kelishi mumkin.

custom img

Endilikda yiliga bir nechta avtomobil import qilish mumkin

Avtomobillarni import qilishda muvofiqlik sertifikatini yiliga bir marta berish normasi amaldan chiqarildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"