Jahon

Eronga nisbatan yadroviy qurol ishlatilmaydi — Tramp

AQSh prezidenti zarur bo‘lgan taqdirda an’anaviy harbiy vositalar orqali maqsadlarga erisha olishini ta’kidladi.

Eronga nisbatan yadroviy qurol ishlatilmaydi — Tramp

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash rejalashtirilmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Oq uyda jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida davlat rahbari AQSh zarur bo‘lgan taqdirda an’anaviy harbiy vositalar orqali maqsadlariga erisha olishini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yadroviy qurol qo‘llash zarurati mavjud emas.

 

Shuningdek, Tramp yadroviy qurol umuman qo‘llanmasligi lozimligini qayd etgan hamda bu turdagi qurollardan foydalanishga qarshi ekanini bildirgan.

 

AQSh prezidenti Eron bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan fikr bildirib, sulh davrida Tehron ma’lum darajada harbiy salohiyatini tiklashga uringanini aytgan. Shu bilan birga, AQSh qurolli kuchlari qisqa muddatda javob choralarini ko‘rishga qodir ekanini ta’kidlagan.

 

Eron bilan ehtimoliy kelishuv masalasiga to‘xtalgan Tramp, bu borada shoshilmasligini, uzoq muddatli va barqaror natija beradigan kelishuvga erishish tarafdori ekanini bildirgan.

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishini va mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.