O'zbekiston

“Go‘sht va kartoshkadan hech qanday masala bo‘lmasligi kerak” — Shavkat Mirziyoyev

Kartoshkachilikka ixtisoslashgan tumanlardagi ishlar qoniqarsiz deb baholandi.

“Go‘sht va kartoshkadan hech qanday masala bo‘lmasligi kerak” — Shavkat Mirziyoyev

Kartoshkaga bo‘lgan talabni qoplash uchun bu yilga reja qilingan 180 ming gektardan 118 ming gektariga urug‘lik ekildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida birinchi chorak ko‘rsatkichlarini tarmoq va hududlar kesimida tanqidiy tahlil qilish va yilning qolgan davrida qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

 

Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryoda bor-yo‘g‘i 41 foiz, Surxondaryoda 44 foiz maydonda kartoshka ekilgan. Mart oyining o‘zida kartoshka Surxondaryoda 12,4 foizga, Qashqadaryoda 9 foizga qimmatlashgan.

 

Kartoshkachilikka ixtisoslashgan Xo‘jaobod, Andijon, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Yangiqo‘rg‘on, Toshloq, Farg‘ona tumanlarida ham ishlar qoniqarsiz deb baholandi. 

 

Shuningdek, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan viloyat hokimlarining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari va tuman hokimlarining mas’uliyati hamda javobgarligini oshirish topshirildi. 

 

“Takror aytaman: mablag‘ bor, resurs bor. Go‘sht va kartoshkadan hech qanday masala bo‘lmasligi kerak”, – dedi Prezident.

custom img

O‘zbekistonda “voyenkomat”lar tugatilayotgani yo‘q — Mudofaa vazirligi

Vazirlik mamlakatda mudofaa ishlari organlari faoliyati tugatilmayotganini, aksincha, tizim zamonaviy talablar asosida takomillashtirilayotganini bildirdi.

custom img

OAVlar 3 yilga daromad solig‘idan ozod etilishi mumkin

O‘zbekistonda jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yillik 40 mlrd so‘mlik jamg‘arma tashkil etilishi rejalashtirilmoqda, 2026-yildan boshlab davlat mukofoti yoki “Oltin qalam” mukofoti sovrindori bo‘lgan jurnalistlarga uy-joy ijara xarajatlarini qoplash taklif etilmoqda.

custom img

"Miyam o‘chib qoldi": Toshkentda bir nechta mashinaga urilgan Cobalt haydovchisi holatga izoh berdi

Hodisadan so‘ng haydovchi shahar ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirilgan.

custom img

Surxondaryoda uch nafar 18 yoshli yigit cho‘kib ketdi

Ulardan 2 nafarining jasadi topilgan bo‘lib, yana birining jasadini qidirish ishlari davom etmoqda.

custom img

Qarshi hokimi o‘rinbosari xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilgani uchun 41 mln so‘m jarimaga tortildi

Tekshiruv natijasida Nurbek Turdiyev tomonidan xodimlar majburiy mehnatga jalb qilingani tasdiqlandi.

custom img

Fitch “O‘zbekgidroenergo” reyting prognozini “Ijobiy”ga oshirdi

Kompaniyaning uzoq muddatli xalqaro kredit reytingi “BB” darajasida tasdiqlandi.

custom img

"O‘tkan kunlar" izidan: Marg‘ilondagi Otabek va Kumush uyiga sayohat

"O'tkan kunlar" ni o'qigan odam borki, albatta Marg'ilonni ko'rishni istaydi. O'zbekiston Turizm qo'mitasi tomonidan 6-8-iyun kunlari Farg'ona shahriga press-tur tashkil qilindi. ushbu press_tur doirasida Zamon.uz muxbiri MArg'ilonda yangi ochilgan Marg'ilon cityga tashrif buyurdi. Va "Otabek Kumush" uy muzeyidan fotoreportaj tayyorladi.

custom img

Sirdaryoda hokimlik xodimi 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Mansabdor fuqaroning ishonchiga kirib, davlat zaxirasidagi yer maydonini ajratib berishni va’da qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"