O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva Samarqanddagi ta’mirtalab obyektlarni ko'zdan kechirdi

Prezident administratsiyasi rahbari joylardagi haqqoniy holatni ko‘rish uchun hududga tez-tez kelib turishini bildirdi.

Saida Mirziyoyeva Samarqanddagi ta’mirtalab obyektlarni ko'zdan kechirdi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatiga tashrifi davomida hududdagi bir qator infratuzilma loyihalari bilan tanishdi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, tashrif chog‘ida “Yangi O‘zbekiston” massivini rivojlantirish ishlari ko‘zdan kechirilgan. Shuningdek, musiqa maktabi kabi ta’mirga muhtoj obyektlar hamda Geologlar mahallasidagi bolalar bog‘chasi holati o‘rganilgan. 

 

 

Qayd etilishicha, mazkur bog‘cha kapital ta’mirdan tashqari, tubdan qayta quriladi va rekonstruksiyadan so‘ng 600 nafargacha bolani qabul qila oladigan, Samarqanddagi eng yirik maktabgacha ta’lim muassasalaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

 

 

Tashrif yakunida viloyat va tumanlar rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilgan.

 

 

Saida Mirziyoyeva ta’kidlashicha, hududlarda amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan o‘zgarishlar Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan tizimli islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. 

 

 

“Rahbarimiz topshiriqlarining joylardagi ijrosini ta’minlashga jamoam bilan birga ko‘maklashish, haqqoniy holatni qog‘ozlardagi hisobotlarda emas, balki o‘z ko‘zim bilan ko‘rish uchun ham bu yerga tez-tez kelib turaman”, — dedi Saida Mirziyoyeva.

custom img

Alifbo o‘zgaradi: senatorlar qonun loyihasini ma’qulladi

Yangi tartibga ko‘ra, alifbo amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga 28 ta harf va bitta apostrofdan iborat bo‘ladi.

custom img

Chilonzorda “Cobalt” kuryerni urib yubordi

Hodisa oqibatida 2005-yilda tug‘ilgan piyoda jarohatlangan.

custom img

Namanganda 7 700 dollarga “REGAPEN” sotayotgan shaxs ushlandi

Namangan va Andijonda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi.

custom img

Yo‘lkira haqini to‘lamagan 4 696 nafar yo‘lovchiga bayonnoma rasmiylashtirildi

Toshkentda sentabr oyining dastlabki sakkiz kunida yo‘lkira haqini to‘lamagan 4 696 nafar yo‘lovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Bu avgust oyidagi kunlik o‘rtacha ko‘rsatkichdan qariyb 68 foizga ko‘p.

custom img

“Minnatdorlik tariqasida oldim” — pora bilan ushlangan sudya 6 yilga qamaldi

Sirdaryoda tadbirkorning iqtisodiy ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga 7,5 ming dollar olgan sudya, unga vositachilik qilgan bank mansabdoriga sud hukmi o‘qildi.

custom img

Boldirga yashirilgan 240 ming dollar

Toshkentda ikki nafar Qozog‘iston fuqarosi 240 ming AQSH dollarini boldirlariga yashirib, O‘zbekistondan olib chiqib ketishga uringan vaqtida ushlandi. Shuningdek, qalbaki 8400 dollarni 3800 dollarga sotishga urinish fosh etildi.

custom img

Sirdaryoda bog‘cha rahbari xodimlarni majburiy mehnatga jalb qildi

Shuningdek, bog‘cha xodimlari “Open budget” uchun majburiy ovoz yig‘ishga jalb qilingani aniqlangan.

custom img

“Bu yerdan inson o‘z tarixini yanada chuqurroq anglagan holda chiqadi” — dedi Ozod Soliyev

AQShdagi Vatan Global Alliance raisi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, uning ekspozitsiyalari va ko‘lamiga yuqori baho berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"