Jahon

Eron AQShga “qulash holatida” ekanini ma’lum qildi — Tramp

AQSh prezidenti Tehron Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha murojaat qilganini ma’lum qildi.

Eron AQShga “qulash holatida” ekanini ma’lum qildi — Tramp

 

AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, Eron Qo‘shma Shtatlarga mamlakat ichki siyosiy va iqtisodiy bosimlar sabab “qulash holatida” ekanini bildirgan.

 

Tramp bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida bayonot berib, Tehron AQShdan Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakatini tezlashtirishni so‘raganini qayd etgan.

 

“Eron bizga hozirgina ‘qulash holatida’ ekanini ma’lum qildi. Ular rahbariyat darajasida vaziyatni tartibga solishga urinayotgan bir paytda bizdan Hormuz bo‘g‘ozini imkon qadar tezroq ochishimizni so‘ramoqda. Menimcha, ular buni uddalaydi”, — deb yozgan Tramp.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik fonida mintaqada dengiz tashuvlari bo‘yicha cheklovlar kuchaygan. 28-fevraldagi operatsiyalardan so‘ng Eronning neft eksporti hajmlari sezilarli darajada kamaygan.

 

Shuningdek, 11-apreldan buyon tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etayotgan bo‘lsa-da, yadroviy dastur va xavfsizlik masalalaridagi kelishmovchiliklar sabab yakuniy kelishuvga erishilmagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eron AQShga “qulash holatida” ekanini ma’lum qildi — Tramp | Zamon.uz