Jahon

Hormuz bo‘g‘ozi mojarodan keyin ochilishi mumkin — Eron

Eron Hormuz bo‘g‘ozi savdo kemalari uchun faqat xavfsizlik tahdidi bo‘lmasa ochilishini bildirdi.

Hormuz bo‘g‘ozi mojarodan keyin ochilishi mumkin — Eron

 

Eron Hormuz bo‘g‘ozi orqali savdo kemalari harakatini tiklash bo‘yicha o‘z shartini e’lon qildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi vakili general Rizo Talayniq bayonot bergan.

 

Unga ko‘ra, mintaqadagi mojaro yakunlanganidan so‘ng savdo flotining Hormuz bo‘g‘ozi orqali to‘siqsiz harakati faqat Eron xavfsizligiga tahdid tug‘dirmagan taqdirdagina qayta tiklanadi.

 

Rasmiy vakilning ta’kidlashicha, bo‘g‘oz orqali xalqaro savdo kemalari qatnovi bo‘yicha yakuniy qaror mintaqadagi xavfsizlik holati va Eron manfaatlari inobatga olingan holda qabul qilinadi.

 

Avvalroq Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi 25–26 aprel kunlari Islomobod shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida Pokiston vositachilari orqali AQSh tomoniga bo‘g‘ozni ochish hamda urushni tugatishga doir taklifni yetkazgani xabar qilingan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Hormuz bo‘g‘ozi mojarodan keyin ochilishi mumkin — Eron | Zamon.uz