O'zbekiston

Toshkent metrosida yo‘lovchi ayol relsga tushib ketdi

Mashinistning tezkor harakati sababli jiddiy oqibatlarning oldi olingan.

Toshkent metrosida yo‘lovchi ayol relsga tushib ketdi

Toshkent metropolitenining G‘afur G‘ulom metro bekatida yo‘lovchi ayol ehtiyotsizlik oqibatida poyezd yo‘liga tushib ketdi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa 2-may kuni soat 21:35 atrofida sodir bo‘lgan. Bekatga 40-sonli harakat tarkibi kirib kelayotgan paytda ayol ehtiyotsizlik bilan relsga tushib ketgan.

 

Mazkur vaziyatda mashinist tomonidan tezkor va aniq choralar ko‘rilib, poyezd zudlik bilan to‘xtatilgan hamda xavfsizlik talablari to‘liq ta’minlangan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchi jiddiy tan jarohati olmagan. U tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan ko‘rik uchun shifoxonaga olib ketilgan.

 

Qayd etilishicha, hodisa metro qatnovi jadvaliga ta’sir ko‘rsatmagan, poyezdlar belgilangan tartibda harakatni davom ettirgan.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

“Bu xabarlarni vazir yubormagan”: Oliy ta’lim vazirligidan ogohlantirish

Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan yuborilayotgan xabarlar soxta ekani ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"