O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyevning qarindoshi Ikkinchi jahon urushida 20 dan ortiq vermaxt askarini yo‘q qilgan — TASS

O‘runbek Yoqubov Oder daryosini kechib o‘tish vaqtida o‘z minomyotidan o‘t ochish orqali piyoda qo‘shinlarni qo‘llab-quvvatlab, platsdarmni egallashga yordam bergan.

Shavkat Mirziyoyevning qarindoshi Ikkinchi jahon urushida 20 dan ortiq vermaxt askarini yo‘q qilgan — TASS

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning amakivachcha tog‘asi, Sovet Ittifoqi Qahramoni O‘runbek Yoqubov Ikkinchi jahon urushi davrida Oder daryosini kechib o‘tish operatsiyasida vermaxtning 20 nafardan ortiq askar va ofitserini yo‘q qilgan. Bu haqda TASS agentligi arxiv hujjatlariga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, O‘runbek Yoqubov 31-o‘qchi diviziyaning 248-o‘qchi polki minomyot rotasi hisob komandiri bo‘lib xizmat qilgan.

 

Mukofot hujjatlariga ko‘ra, u 1945-yil 24-yanvar kuni Oder daryosini kechib o‘tish vaqtida o‘z minomyotidan o‘t ochish orqali piyoda qo‘shinlarni qo‘llab-quvvatlab, platsdarmni egallashga yordam bergan.

 

 

Shuningdek, Yoqubov minomyotlarni g‘arbiy qirg‘oqqa olib o‘tib, ikki kun davomida dushmanning yettita qarshi hujumini qaytarishda qatnashgan. Hujjatlarda uning ikki o‘t ochish nuqtasi hamda 20 nafardan ortiq vermaxt askari va ofitserini yo‘q qilgani qayd etilgan.

 

O‘runbek Yoqubov 1944-yilda Dnepr daryosini kechib o‘tish vaqtida uch kun davomida dushmanning 15 ta qarshi hujumini qaytargani uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

 

Bundan tashqari, u “Jasorat uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun” medallari hamda Qizil Yulduz ordeni bilan mukofotlangan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyevning qarindoshi Ikkinchi jahon urushida 20 dan ortiq vermaxt askarini yo‘q qilgan — TASS | Zamon.uz