O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti 29-Yevroosiyo iqtisodiy sammiti ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi

Sammit ishtirokchilari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Global ekologik jamg‘arma Assambleyasi hamda Suvni tejash bo‘yicha butunjahon forumiga taklif qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti 29-Yevroosiyo iqtisodiy sammiti ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-Yevroosiyo iqtisodiy sammiti ishtirokchilariga murojaat yo‘llab, anjuman yetakchi siyosatchilar, ishbilarmon doiralar va ekspertlar hamjamiyati vakillarini birlashtirgan muhim muloqot maydoni sifatida o‘zini namoyon etganini ta’kidladi.

 

Murojaat O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Eldor Oripov tomonidan o‘qib eshittirildi.

 

Davlat rahbari sammitning Istanbul shahrida o‘tkazilayotgani alohida ramziy ma’noga ega ekanini qayd etdi. Ta’kidlanishicha, asrlar davomida ushbu shahar Yevropa va Osiyo o‘rtasida ko‘prik bo‘lib, mintaqalararo madaniy hamda savdo-iqtisodiy aloqalar rivojiga beqiyos hissa qo‘shib kelgan.

 

Prezident o‘z murojaatida zamonaviy Turkiyada Rejep Tayyip Erdogʻanning “Turkiya asri” strategik g‘oyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi. 

 

Shuningdek, Turkiya global kun tartibidagi dolzarb muammolarni samarali hal etish yo‘lida o‘z sa’y-harakatlarini to‘liq safarbar etib, xalqaro munosabatlarning ishonchli va nufuzli ishtirokchisiga aylanib borayotgani ta’kidlandi.

 

Prezident Erdog‘anning qat’iy intilishlari tufayli bugun O‘zbekiston va Turkiya munosabatlari keng ko‘lamli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani qayd etildi.

 

Murojaatda sammitning asosiy mavzularidan biri sifatida suv tanqisligi va “yashil” resurslar sharoitida global mas’uliyat masalasi alohida ahamiyat kasb etayotganiga to‘xtab o‘tildi. Prezident dunyo tobora kuchayib borayotgan iqlim xavf-xatarlariga, jumladan, cho‘llanish, tuproq yemirilishi, suv tanqisligi va ekologik vaziyat yomonlashuviga duch kelayotganini ta’kidladi.

 

Davlat rahbari Markaziy Osiyoda ushbu jarayonlar ayniqsa keskin namoyon bo‘layotganini bildirib, harorat oshish sur’atlari jahon o‘rtacha me’yorlaridan yuqori ekani, muzliklar yemirilayotgani va tuproq degradatsiyasi kuchayayotganiga e’tibor qaratdi.

 

Prezident so‘zlariga ko‘ra, ekologik barqarorlikni ta’minlash Yangi O‘zbekistonni taraqqiy ettirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. “Yashil makon” loyihasi doirasida har yili 200 million tup daraxt ekilayotgani, Orol dengizining qurigan tubida esa ulkan yashil himoya maydonlari yaratilayotgani bildirildi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston rivojlanishning yashil modeliga izchillik bilan o‘tayotgani, zararli chiqindilar hajmini 35 foizga qisqartirib, 2035-yilga qadar bu ko‘rsatkichni 50 foizgacha kamaytirish maqsad qilingani qayd etildi.

 

Murojaatda suv resurslarini samarali boshqarish, jumladan, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani, bu esa har yili katta miqdorda suv zaxiralarini tejash imkonini berayotgani ta’kidlandi.

 

Prezident O‘zbekiston bundan buyon ham “yashil” kun tartibini faol ilgari surish va global ekologik xavflarni samarali hal etish yo‘llarini topishga hissa qo‘shishni davom ettirishini bildirdi.

 

Shuningdek, sammit ishtirokchilari mamlakatda o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlarga, xususan, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Global ekologik jamg‘arma Assambleyasi hamda Suvni tejash bo‘yicha butunjahon forumiga taklif qilindi.

 

Yakunda davlat rahbari O‘zbekiston keng ko‘lamli hamkorlik uchun doim ochiq ekanini va kelgusida ham barqaror rivojlanishni ta’minlashga ko‘maklashishga tayyorligini ta’kidladi.

 

“Biz barcha sa’y-harakatlarimizni birlashtirgan holdagina bugungi va kelgusi avlodlar uchun farovon kelajakni ta’minlay olamiz. Sammit qatnashchilari faoliyatiga omad va katta amaliy natijalar yor bo‘lishini tilayman”, dedi Prezident.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston Prezidenti 29-Yevroosiyo iqtisodiy sammiti ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi | Zamon.uz