Jahon

Rossiya yangi qit’alararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi

"Sarmat" raketalari "Voyevoda" raketasini almashtirish uchun mo‘ljallangan va bir nechta mustaqil yo‘naluvchi jangovar kallaklar bilan jihozlangan.

Rossiya yangi qit’alararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi

Rossiya seshanba kuni o‘zining yadroviy kuchlarini modernizatsiya qilish doirasida yangi qit’alararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda AP xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, sinov natijalari Prezident Vladimir Putin tomonidan ijobiy baholanib, u raketani “dunyodagi eng kuchli raketa” deb ta’rifladi. Bu sinov  Putin tomonidan Ukraina urushi tez orada yakunlanishi haqidagi bayonotida bir necha kun o‘tib amalga oshirildi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yadroviy kallaklarga ega “Sarmat” qit’alararo ballistik raketasi yil oxiriga qadar jangovar xizmatga qabul qilinishi rejalashtirilgan. U Sovet davrida ishlab chiqilgan “Voyevoda” tizimini almashtirish uchun mo‘ljallangan.

 

Putin “Sarmat”ning jangovar imkoniyatlarini yuqori baholab, uning alohida nishonlarga yo‘naltiriladigan kallaklari umumiy quvvati G‘arb davlatlaridagi analoglardan bir necha baravar yuqori ekanini ta’kidladi.

 

Uning aytishicha, raketa yuqori aniqlik va suborbital parvoz qobiliyatiga ega bo‘lib, 35 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tishi va mavjud raketa mudofaa tizimlarini chetlab o‘tish imkoniga ega.

 

“Sarmat” tizimi G‘arbda “Satan II” nomi bilan ham yuritiladi va u Sovet davridan qolgan qariyb 40 ta “Voyevoda” raketasini almashtirishi ko‘zda tutilgan. Uning ishlab chiqilishi 2011-yilda boshlangan. 

 

Sinov jarayonlari davomida raketa bir martagina muvaffaqiyatli uchirilgani qayd etilgan, 2024-yilda esa muvaffaqiyatsiz sinovda portlash yuz bergani haqida xabarlar tarqalgan.

 

Rossiya so‘nggi yillarda yadroviy “uchlik” — quruqlik, dengiz va havo komponentlarini keng ko‘lamda modernizatsiya qilmoqda. Yuzlab yangi qit’alararo raketalar joylashtirilgan, yangi yadroviy suvosti kemalari ishga tushirilgan hamda strategik bombardimonchi samolyotlar yangilangan.

 

Rossiyaning ushbu modernizatsiya dasturi AQSHni ham o‘z yadroviy arsenalini yangilashga majbur qilgan. Shu bilan birga, so‘nggi yadro qurollarini cheklovchi Rossiya–AQSH shartnomasi fevral oyida muddati tugab, ikki davlat o‘rtasidagi yadroviy cheklovlar tarixda ilk bor bekor bo‘lgan holat yuzaga kelgan. Bu esa global miqyosda yangi yadroviy qurollanish poygasi xavotirlarini kuchaytirgan.

 

Putin 2018-yilda e’lon qilingan yangi strategik qurollar dasturi doirasida “Sarmat” AQSHning raketa mudofaa tizimlarini samarasiz qilishga qodir ekanini ta’kidlagan.

 

Rossiya arsenaliga shuningdek “Avangard” gipertovushli dvigatelsiz, aerodinamik “sirpanib uchadigan” jangovar blok vositasi ham kiradi. U tovush tezligidan 27 baravar tez harakatlana olishi va allaqachon jangovar xizmatga qabul qilingani bildirilgan.

 

Bundan tashqari, “Oreshnik” o‘rta masofali ballistik raketasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning 5 000 kilometrgacha uchish imkoniyati Yevropadagi istalgan nishonni qamrab oladi. Bu tizimning an’anaviy versiyasi Ukrainaga ikki marta zarba berishda qo‘llangan.

 

Rossiya shuningdek yadroviy quvvatga ega “Poseydon” suvosti droni va “Burevestnik” qanotli raketasini ishlab chiqishning yakuniy bosqichida ekanini ma’lum qilgan. “Poseydon” dushman qirg‘oqlari yaqinida portlab, radioaktiv sunami keltirib chiqarish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, “Burevestnik” deyarli cheksiz masofaga ucha oladigan yadroviy reaktorli raketa sifatida ta’riflanadi.

 

Rossiya rasmiylari ushbu qurollarni AQSHning 2001-yilda raketaga qarshi mudofaa shartnomasidan chiqishi ortidan yuzaga kelgan strategik muvozanatga javob sifatida ko‘rishini bildirgan.

 

Putin, shuningdek, G‘arbning raketa mudofaa tizimlari Rossiyaning strategik salohiyatini cheklashi mumkinligi haqidagi xavotirlar sababli ushbu qurollarni ishlab chiqish zarur bo‘lganini ta’kidlagan.

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.