O'zbekiston

Soliq qo‘mitasi kartadan-kartaga o‘tkazmalarni tekshirishni boshladi

Qo‘mita bu jarayon iqtisodiy adolatni ta’minlash, yashirin aylanmalarni qisqartirishga qaratilganini bildirdi.

Soliq qo‘mitasi kartadan-kartaga o‘tkazmalarni tekshirishni boshladi

O‘zbekistonda soliq organlari  ayrim tadbirkorlarning P2P o‘tkazmalarini tahlil qilishni boshladi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarda savdo amaliyotlari plastik kartadan plastik kartaga (P2P) pul o‘tkazmalari orqali amalga oshirilayotgani aniqlanmoqda.

 

Ayrim hollarda bunday o‘tkazmalar orqali tushgan daromadlar soliq hisobotlarida aks ettirilmayapti. Natijada davlat budjetiga tushishi lozim bo‘lgan mablag‘lar to‘liq shakllanmay qolmoqda.

 

Shu munosabat bilan soliq organlari yuridik shaxslarda faoliyat yurituvchi rahbar xodimlarning bank plastik kartalariga kelib tushgan mablag‘lar yuzasidan tahliliy o‘rganishlar olib bormoqda. 

 

Aniqlangan holatlar asosida hisobotlarda ko‘rsatilmagan daromadlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilayotgani va soliq to‘lovchilarga xabarnomalar yuborilayotgani bildirildi.

 

Soliq qo‘mitasi bu jarayon jazolash yoki bosim o‘tkazish emas, aksincha iqtisodiy adolatni ta’minlash, yashirin aylanmalarni qisqartirish hamda qonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilganini ta’kidladi.

 

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari savdo tushumlarini to‘liq rasmiylashtirishga va ularni soliq hisobotlarida haqqoniy aks ettirishga chaqirildi.

 

Avvalroq Markaziy bank tomonidan moliyaviy operatsiyalar ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan yangi tartiblar tasdiqlangani haqda xabar berilgandi. Unga ko‘ra, mamlakatdagi banklar ayrim yirik va shubhali deb topilgan tranzaksiyalarni kuchaytirilgan monitoring asosida kuzatib boradi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.