O'zbekiston

Endi O'zbekistonda banklar fuqarolarning yirik pul o‘tkazmalarini qatʼiy nazorat qila boshlaydi

Markaziy bank yirik va shubhali tranzaksiyalarni monitoring qilish bo‘yicha yangi tartiblarni tasdiqladi.

Endi O'zbekistonda banklar fuqarolarning yirik pul o‘tkazmalarini qatʼiy nazorat qila boshlaydi

 

Markaziy bank tomonidan moliyaviy operatsiyalar ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan yangi tartiblar tasdiqlandi. Unga ko‘ra, mamlakatdagi banklar ayrim yirik va shubhali deb topilgan tranzaksiyalarni kuchaytirilgan monitoring asosida kuzatib boradi.



Qayd etilishicha, yangi hujjat orqali shubhali operatsiyalarni aniqlash mezonlari va indikatorlari yangilangan.



Yangi tartiblarga muvofiq, kuchaytirilgan monitoring ostidagi davlatlardan amalga oshiriladigan va umumiy summasi 1000 BHM — 412 million so‘mga teng yoki undan yuqori bo‘lgan pul o‘tkazmalari alohida nazoratga olinadi. Bu bir martalik tranzaksiya yoki 30 kun davomida amalga oshirilgan bir nechta operatsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.



Shuningdek, xizmat ko‘rsatish yoki xizmatlar bilan bog‘liq qarzlarni qoplash bo‘yicha import shartnomalariga kiritilgan o‘zgartirishlar ham monitoring qilinadi. Bunda shartnoma summasi 5000 BHM — 2 milliard 60 million so‘mdan oshgan holatlar alohida kuzatuvga olinadi.



Bundan tashqari, 10,3 million so‘mdan ortiq pul o‘tkazmalari hamda 206 million so‘mdan yuqori naqd pul yechib olish operatsiyalari yuzasidan banklar maxsus tizimga qo‘shimcha ma’lumot kiritib boradi.



Rasmiylarga ko‘ra, mazkur choralar noqonuniy daromadlarni legallashtirish, yashirin moliyaviy aylanishlar va shubhali pul oqimlariga qarshi kurashish maqsadida joriy etilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.