Jahon

Yermak hibsga olindi: sud 3,19 mln dollarlik garov belgiladi

U Kiyev yaqinidagi elita uy-joy loyihasi orqali 10,5 mln dollarni “yuvish”da gumon qilinmoqda.

Yermak hibsga olindi: sud 3,19 mln dollarlik garov belgiladi

Ukrainaning Oliy aksilkorrupsiya sudi prezident Volodimir Zelenskiyning yaqin ittifoqchisi va prezident administratsiyasining sobiq rahbari Andriy Yermakni pul yuvish ayblovlari bilan hibsga olishga qaror qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

 

Sud qaroriga ko‘ra, Yermak uchun 140 million grivna (3,19 million dollar) miqdorida garov puli belgilangan. Mablag‘ to‘langan taqdirda, u ish yuzasidan yakuniy qaror chiqmaguncha ozodlikka chiqarilishi mumkin.

 

“Menda bunaqa pul yo‘q. Endi advokatim garov uchun mablag‘ yig‘ish masalasida do‘stlar va tanishlar bilan ishlaydi”, — dedi Yermak sud qaroridan keyin jurnalistlarga.

 

U yana advokatlari apellyatsiya berishini bildirib, “Adolat va haqiqatga erishish uchun barcha qonuniy imkoniyatlardan foydalanamiz”, deya qo‘shimcha qilgan.

 

Ukraina rasmiylari Yermakni dushanba kuni yirik korrupsiya ishi bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida e’lon qilgandi. Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi idoralar ma’lumotiga ko‘ra, u Kiyev yaqinidagi elita turar joy majmuasi orqali qariyb 10,5 million dollar mablag‘ni legallashtirgan jinoiy guruh faoliyatida ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda.

 

Yermak uzoq vaqt davomida Zelenskiydan keyingi Ukrainadagi eng ta’sirli siyosiy arboblardan biri sifatida ko‘rilgan. 

 

Sobiq kino prodyuseri va yurist bo‘lgan Yermak ko‘pincha prezident bilan birga ommaviy tadbirlarda qatnashgan hamda AQSh ko‘magidagi Rossiya—Ukraina tinchlik muzokaralarida Kiyevning bosh muzokarachisi sifatida ishitirok etgan.

 

Reuters qayd etishicha, Yermakka qo‘yilgan ayblovlar hozircha Zelenskiy hokimiyatiga bevosita tahdid solmaydi. Biroq tahlilchilar bu holat urushdan keyin prezident qayta saylanmoqchi bo‘lganda, uning obro‘siga uzoq muddatli zarar yetkazishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

 

Bundan tashqari Politico nashri ham Yermak ishi tufayli Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishida muammolar paydo bo‘lishi mumkinligini yozgan.

custom img

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

custom img

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

custom img

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

custom img

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

custom img

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

Yangi loyihalarning umumiy qiymati qariyb 70 mln dollarni tashkil etadi.

custom img

Flydubai’dagi hodisa: Tel-Avivga parvozlar to‘xtatildi

Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘nganidan so‘ng aviakompaniya reyslarni keyingi xabargacha to‘xtatdi.

custom img

Hindiston-Pokiston chegarasida otishma: ikki pokistonlik halok bo‘ldi

Hindiston OAVlari ularni chegarani buzishga uringan shaxslar sifatida taʼriflagan.

custom img

Maxfiy uchrashuv: Tramp ma’muriyati Eron masalasini muhokama qildi

Uchrashuv AQSh ma’muriyati tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"