Jahon

Yermak ishi sabab Ukraina Yevropa Ittifoqiga kira olmasligi mumkin — Politico

YeI mamlakat korrupsiyaga qarshi kurash va davlat boshqaruvi sohasidagi talablarni bajarishi kerakligini bildirgan.

Yermak ishi sabab Ukraina Yevropa Ittifoqiga kira olmasligi mumkin — Politico

Politico nashri Ukrainadagi yangi korrupsiya mojarosi mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini yozdi. 

 

Nashrga ko‘ra, prezident Volodmir Zelenskiy jamoasiga yaqin shaxslar atrofidagi ayblovlar Kiyevning YIga tezlashtirilgan tarzda qo‘shilish bo‘yicha argumentlarini zaiflashtirmoqda.

 

Gap Ukraina prezidenti ofisi sobiq rahbari Andrey Yermakga nisbatan paydo bo‘lgan korrupsiya ayblovlari haqida bormoqda. Politico ta’kidlashicha, mojaro aynan Kiyev Yevropa Ittifoqiga integratsiya jarayonini jadallashtirishga urinayotgan paytda avj olgan.

 

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Yermakka nisbatan shubha bildirilishi telefon suhbatlari stenogrammalarining sizdirilishi ortidan kuzatilgan. Ularda Ukraina rahbariyatiga yaqin ayrim amaldorlar va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilar pora olgani, lavozimini suiiste’mol qilgani hamda korrupsion sxemalarga aloqador bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan. Bu sxemalar asosan energetika, mudofaa va bank sohalari bilan bog‘langani aytilmoqda.

 

Politico‘ning yozishicha, Yevropa Ittifoqidagi ayrim siyosatchilar Ukrainaning yaqin istiqbolda YIga qo‘shilishini shubha ostiga olmoqda. Ular mamlakat, avvalo, korrupsiyaga qarshi kurash va davlat boshqaruvi sohasidagi talablarni bajarishi kerakligini ta’kidlagan.

 

Nashr, shuningdek, Ukraina muxolifati vakillari orasida Zelenskiy bu ehtimoliy korrupsion holatlardan xabardor bo‘lganmi yoki bo‘lishi kerakmidi, degan savollar kuchayib borayotganini yozgan.

 

Ayni paytda hokimiyatdagi “Xalq xizmatkori” partiyasi vakillari tergov jarayonlarini mamlakatda mustaqil antikorrupsiya tizimi ishlayotganining belgisi sifatida baholamoqda. Ukraina parlamenti tashqi ishlar qo‘mitasi rahbari Aleksandr Merejko xalqaro hamkorlar Ukrainada korrupsiyaga qarshi institutlar o‘z vazifasini bajarayotganini ko‘rayotganini aytgan.

 

Aleksiy Goncharenko esa bu ishlar bo‘yicha yakuniy baho Ukraina hukumati prezidentga yaqin shaxslarga oid korrupsiya ayblovlarini qanday tergov qilishiga bog‘liq bo‘lishini ta’kidlagan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina korrupsiyaga qarshi idoralari Prezident administratsiyasining sobiq rahbari Andrey Yermakni yirik korrupsiya va pul yuvish ishi bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida e’lon qilgandi. U Kiyev yaqinidagi elita turarjoy majmuasi orqali 10,5 million dollar mablag‘ni legallashtirish bilan bog‘liq sxemada ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda. Yermak ayblovlarni izohlar ekan, mazkur majmuada ko‘chmas mulkka egalik qilmasligini bildirgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.