Jahon

Putin kelasi hafta Xitoyga rasmiy tashrif bilan boradi

Tashrifning asosiy mavzusi Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik va ikki tomonlama munosabatlar bo‘ladi.

Putin kelasi hafta Xitoyga rasmiy tashrif bilan boradi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelasi hafta Xitoyga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda The Moscow Times xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, tashrif 19-20-kuni amalga oshiriladi. Manbalarning ta’kidlashicha, bu safar Pekinda yirik tantanalar yoki harbiy marosimlar o‘tkazilmaydi, tashrif asosan ikki tomonlama rasmiy muzokaralar doirasida bo‘ladi.

 

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin Xitoyga safariga tayyorgarliklar olib borilayotganini tasdiqlab, aniq sana “yaqin kunlarda” e’lon qilinishini bildirgan.

 

Peskovga ko‘ra, tashrifning asosiy mavzusi Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik va ikki tomonlama munosabatlar bo‘ladi. Shuningdek, Putin va Xitoy raisi Si Szinpin yaqinda Xitoyda o‘tkazilgan AQSh–Xitoy muzokaralari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.

 

Agar tashrif amalga oshsa, bu bir oy ichida Xitoy tomonidan Rossiya va AQSh yetakchilarining qabul qilinishi bilan bog‘liq noyob diplomatik holat bo‘lishi qayd etilmoqda.

 

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.