O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev axaltaka otlari bo‘yicha jahon chempionati g‘oliblarini tabrikladi

Davlat rahbari musobaqa ishtirokchilari va mehmonlarni samimiy qutlab, bellashuvlarda yuksak mahorat, jasorat va milliy an’analarga sadoqat namunasini ko‘rsatgan sportchilarni e’tirof etdi.

Shavkat Mirziyoyev axaltaka otlari bo‘yicha jahon chempionati g‘oliblarini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev axaltaka otlari bo‘yicha “Sharq marvaridi — 2026” jahon chempionati g‘olib va sovrindorlariga tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Davlat rahbari musobaqa ishtirokchilari va mehmonlarni samimiy qutlab, bellashuvlarda yuksak mahorat, jasorat va milliy an’analarga sadoqat namunasini ko‘rsatgan sportchilarni alohida e’tirof etdi.

 

Qayd etilishicha, tantanali marosim Ashxobod shahridagi “Ashxobod” bog‘ida o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu maskan O‘zbekiston va Turkmaniston xalqlari o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va mushtarak ma’naviy qadriyatlarning ramzi sifatida ta’riflangan.

 

Prezident nutqida Markaziy Osiyo xalqlari hayotida ot qadimdan ozodlik, mardlik, sadoqat, matonat va nafosat timsoli bo‘lib kelgani ta’kidlanib, bugungi kunda ham bu an’analar izchil davom ettirilayotgani qayd etildi.

 

Shuningdek, Turkmanistonda ot sportini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan Prezident Serdar Berdimuhamedov va Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov rahnamoligida olib borilayotgan ishlar yuqori baholandi.

 

Mirziyoyev axaltaka tulporlari nafaqat turkman xalqining milliy iftixori, balki butun mintaqaning bebaho madaniy merosi ekanini alohida ta’kidladi.

 

Shuningdek, O‘zbekistonda milliy sport turlarini rivojlantirish, ot sportini ommalashtirish, nasldor yilqichilikni qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy infratuzilma yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani bildirildi.

 

Davlat rahbari mohir chavandozlar va mutaxassislar yosh avlodni vatanparvarlik, azm-u shijoat va sog‘lom turmush tarzi ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shayotganini qayd etdi.

 

Yakunda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada kengaytirish va do‘stlik rishtalarini mustahkamlash davom ettirilishi ta’kidlandi.

 

Prezident g‘olib va sovrindorlarni yana bir bor tabriklab, ularga mustahkam sog‘liq va faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.