O'zbekiston

10 ming qadam uchun pul to‘laydigan platforma ishga tushgan — Ekoqo‘mita

“Eko-faol fuqaro” platformasi 1-maydan faoliyat boshlagan bo‘lib, uni App Store va Play Market orqali yuklab olish mumkin.

10 ming qadam uchun pul to‘laydigan platforma ishga tushgan — Ekoqo‘mita

O‘zbekistonda aholining ekologik madaniyatini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan “Eko-faol fuqaro” platformasi ishga tushirildi. Bu haqda Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati Zamon.uz'ga ma’lum qildi.

 

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, platforma 1-maydan faoliyat boshlagan bo‘lib, uni App Store va Play Market orqali yuklab olish mumkin.

 

Loyiha prezidentning “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va targ‘ibotni jadallashtirishga oid qarori asosida amalga oshirilmoqda. Hujjatda “10 ming qadam piyoda” tajribasini qayta tiklash hamda “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan.

 

Ekologiya qo‘mitasining bildirishicha, “10 ming qadam piyoda” aksiyasi doirasida fuqarolarni rag‘batlantirish, jumladan pul to‘lash tartibini ishlab chiqish ishlari bosqichma-bosqich davom etmoqda.

 

Avvalroq O‘zbekistonda “10 ming qadam piyoda” tashabbusi 1-maydan qayta ishga tushirilishi ma’lum qilingan edi. 

 

Shuningdek, “1hls.uz” platformasi faoliyati uchun har yili Maxsus jamg‘arma hisobidan 10 milliard so‘m ajratilishi belgilangan.

 

Ma’lumot uchun, aholi orasida kunlik yurish va yugurishni ommalashtirish maqsadida 2021-yilning 1-iyunida “Sog‘lom turmush tarzi” — “1hls.uz” platformasi ishga tushirilgandi. Loyihaga muvofiq, 10 ming qadam yurgan fuqarolarga 3 ming so‘mdan pul to‘lash yo‘lga qo‘yilgandi. Loyiha prezidentning 2022-yil 6-apreldagi farmoni bilan bekor qilingandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.