O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva Londonda siyosatchilar va xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi

Uchrashuvlarda UzNIF fondining xalqaro bozorga chiqishi, ESG standartlari, “yashil” obligatsiyalar va o‘zbek kompaniyalarining global bozorlarga integratsiyasi masalalarini muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva Londonda siyosatchilar va xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Londonda Buyuk Britaniya va AQSH vakillari hamda xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

 

Prezident administratsiyasi rahbari Buyuk Britaniya bosh vazirining investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Varun Chandra hamda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha savdo vakili Jon Olderdays bilan muloqot qilganini ma’lum qildi.

 

 

Uchrashuv davomida UzNIF fondining xalqaro bozorlarga muvaffaqiyatli chiqishi va Britaniya ishbilarmon doiralarining O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotgani muhokama qilingan. 

 

Qayd etilishicha, Buyuk Britaniyadan O‘zbekistonga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 1 milliard dollardan oshgan.

 

Shuningdek, Mirziyoyeva dunyodagi yirik aktiv boshqaruv kompaniyalaridan biri — "Franklin Templeton" bosh ijrochi direktori Jenni Jonson bilan ham uchrashuv o‘tkazgan.

 

 

Tomonlar O‘zbekistonda kapital bozorini rivojlantirish, moliyaviy boshqaruvga oid qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro kliring tizimlari bilan integratsiya hamda Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish masalalarini muhokama qilgan.

 

Saida Mirziyoyevaning qayd etishicha, Jenni Jonson IPO jarayoniga tayyorgarlik qisqa muddatda amalga oshirilgani va o‘zbek kompaniyalari aksiyalari savdosi yuqori natijalar ko‘rsatayotganini ta’kidlagan.

 

Bundan tashqari, Londonda AQSH prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

 

 

Muloqot davomida tomonlar o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash istiqbollari va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilgan.


Avvalroq Saida Mirziyoyeva London fond birjasi bosh ijrochi direktori Julia Enn Xoggett bilan ham uchrashgani xabar qilingandi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"