Jahon

Turkiyada restorandagi otishma oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Gumondorni qo‘lga olish uchun vertolyotlar yordamida qidiruv ishlari boshlangan. U 17 yoshda ekani aytilmoqda.

Turkiyada restorandagi otishma oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning Mersin viloyatida qurolli hujum oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, yana 8 kishi yaralandi. Bu haqda "Haberler" nashri xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa Tarsus tumaniga qarashli Kadelli Dyortler mahallasida yuz bergan. Gumondor M.O‘. mahalliy oshxonalardan biriga bostirib kirib, miltiqda o‘q uza boshlagan. Oqibatda muassasa egasi Sabri Pan shifoxonada vafot etgan, xodim Ahmet Erjan Jan esa voqea joyida halok bo‘lgan.

 

“Mersinning Tarsus tumanida 17 yoshli M.O. restoranga qarata avtomat bilan o‘q uzdi, natijada restoran egasi Sabri Pan va xodimi Ahmet Erjan Jan halok bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

 

Hujumdan so‘ng avtomobilda qochgan gumondor yo‘l davomida yana ikki kishini o‘ldirgan. 

 

Shuningdek, gumondor yana 8 kishiga tan jarohati yetkazgani aytilmoqda. Yaradorlar tuman davlat shifoxonasiga yetkazilib, nazoratga olingan.

 

Voqea joyiga politsiya va tez tibbiy yordam ekipajlari yuborilgan. Hozirda hududda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan bo‘lib, gumondorni qo‘lga olish uchun vertolyotlar yordamida qidiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va yaradorlar soni ortishi mumkin. Hodisa yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 15-aprel kuni Turkiyaning janubi-sharqidagi Qahramanmarash viloyatidagi maktabda yuz bergan otishmada to‘qqiz kishi halok bo‘lgan va 21 kishi jarohatlangan edi. 14-aprel kuni Shanliurfa viloyatidagi maktabda o‘n to‘qqiz kishi jarohat olgani xabar qilingan edi.

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rasmiylarga tabiiy ofat yetkazgan moddiy zarar yuzasidan qariyb 20 mingta murojaat kelib tushgan.

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dengiz orqali yuk tashishdagi uzilishlar, urushlar va qurg‘oqchilik global oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Fuqarolarga transportdagi ehtimoliy uzilishlar va reyslar bekor qilinishini hisobga olish tavsiya etildi.

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mamlakat dushmanlariga yanada kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi.

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

AQSh Davlat kotibi Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish qiyinligicha qolayotganini bildirdi.

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Sanalar yangi oyning ko‘rinishiga qarab bir kunga oldinga yoki keyinga surilishi mumkin.

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

Aroqchi Netanyaxuni AQShni Eron bilan yangi urushga tortishga urinayotganlikda aybladi.

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

2025-yil oxirida shaharda bu yosh guruhiga mansub 5,29 million kishi yashagan.