O'zbekiston

O‘zbekistonda jarima ballari 12 balldan oshgan haydovchilar soni 107 nafarga yetdi

Endilikda ular haydovchilik huquqidan sud tartibida mahrum etiladi. Qayta imtihon esa 50 ta savoldan iborat bo‘ladi.

O‘zbekistonda jarima ballari 12 balldan oshgan haydovchilar soni 107 nafarga yetdi

O‘zbekistonda jarima ballari 12 balldan oshgan haydovchilar soni 107 nafarga yetdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, endilikda ushbu haydovchilar sud tartibida haydovchilik huquqidan mahrum qilinadi. Shundan so‘ng ular majburiy o‘quv kurslarida qatnashib, qayta nazariy va amaliy imtihon topshirishi talab etiladi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, nazariy imtihon odatdagidek 20 ta emas, 50 ta savoldan iborat bo‘ladi. Imtihondan o‘tish uchun haydovchi kamida 46 ta savolga to‘g‘ri javob berishi shart.

 

1-may kuni jarima ballari 12 balldan oshgan ilk haydovchi aniqlangan edi. 8-may holatiga ko‘ra, bunday haydovchilar soni 49 nafarni tashkil qilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-iyundan boshlab yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 12 ta moddasi asosida rasmiylashtirilgan bayonnomalar uchun jarima ballari hisoblanmoqda.

 

Shuningdek, 2026-yilning 1-aprelidan esa qoidabuzarliklarni avtomatik ravishda aniqlovchi qurilmalar tomonidan aniqlangan qoidabuzarliklar uchun ham jarima ballari qo‘llanishi boshlangan. Ular qatoriga svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmaslik, to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish, yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagida harakatlanish va tezlik qoidalariga amal qilmaslik kabi qoidabuzarliklar kiradi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.