O'zbekiston

Qashqadaryoda kuchli sel oqibatida 25 yoshli yigit halok bo‘ldi

Voqea 19-may kuni G‘injak qishlog‘ida yuz bergan. Yigit adirda mol boqib yurgani aytilmoqda.

Qashqadaryoda kuchli sel oqibatida 25 yoshli yigit halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida kuchli sel oqimi sabab 25 yoshli yigit halok bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, voqea 19-may kuni tumanning G‘injak qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Adir hududida mol boqib yurgan 25 yoshli yigit sel oqimida oqib ketgan.

 

Qishloq aholisi vakillaridan biriga ko‘ra, sel juda yuqori bosim va tezlikda kelgani sabab yigit o‘zini qutqarib qolishga ulgurmagan.

 

“Afsuski, ko‘p o‘tmay, suvdan uning jonsiz tanasi topildi”, degan u.

 

Marhumning jasadi qutqaruvchilar va mahalliy aholi tomonidan olib borilgan qidiruv ishlaridan so‘ng voqea joyidan taxminan 3 kilometr uzoqlikdan topilgan.

 

Mahalliy aholi ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lgan yigit yaqinda Rossiyadan mehnat muhojirligidan qaytgan.

 

Hodisadan keyin marhumning xonadoniga tuman hokimligi mas’ullari, MFY raisi hamda mahalla profilaktika inspektori borgan.

 

Manbaga ko‘ra, tuman prokuraturasi xodimlari ham voqea joyiga kelib, jasadni ko‘zdan kechirgan va ekspertiza tayinlangan. Marhumning janozasi 20-may kuni o‘tkazilgan.

 

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov nashr so‘roviga javoban voqea haqiqatda sodir bo‘lganini tasdiqlagan.

 

Uning ma’lum qilishicha, hodisa haqida 19-may kuni soat 20:20 larda tuman IIBga xabar kelib tushgan.

 

“Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, degan u.

 

Avvalroq Favqulodda vaziyatlar vazirligi Namangan, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatilgan sel oqimlari oqibatida uylarga zarar yetmagani haqida ma’lumot bergandi

 

Shuningdek, vazirlikka tan jarohati olganlar bo‘yicha ham ma’lumot kelib tushmagani bildirilgan.

custom img

Alifbo o‘zgaradi: senatorlar qonun loyihasini ma’qulladi

Yangi tartibga ko‘ra, alifbo amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga 28 ta harf va bitta apostrofdan iborat bo‘ladi.

custom img

Chilonzorda “Cobalt” kuryerni urib yubordi

Hodisa oqibatida 2005-yilda tug‘ilgan piyoda jarohatlangan.

custom img

Namanganda 7 700 dollarga “REGAPEN” sotayotgan shaxs ushlandi

Namangan va Andijonda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi.

custom img

Yo‘lkira haqini to‘lamagan 4 696 nafar yo‘lovchiga bayonnoma rasmiylashtirildi

Toshkentda sentabr oyining dastlabki sakkiz kunida yo‘lkira haqini to‘lamagan 4 696 nafar yo‘lovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Bu avgust oyidagi kunlik o‘rtacha ko‘rsatkichdan qariyb 68 foizga ko‘p.

custom img

“Minnatdorlik tariqasida oldim” — pora bilan ushlangan sudya 6 yilga qamaldi

Sirdaryoda tadbirkorning iqtisodiy ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga 7,5 ming dollar olgan sudya, unga vositachilik qilgan bank mansabdoriga sud hukmi o‘qildi.

custom img

Boldirga yashirilgan 240 ming dollar

Toshkentda ikki nafar Qozog‘iston fuqarosi 240 ming AQSH dollarini boldirlariga yashirib, O‘zbekistondan olib chiqib ketishga uringan vaqtida ushlandi. Shuningdek, qalbaki 8400 dollarni 3800 dollarga sotishga urinish fosh etildi.

custom img

Sirdaryoda bog‘cha rahbari xodimlarni majburiy mehnatga jalb qildi

Shuningdek, bog‘cha xodimlari “Open budget” uchun majburiy ovoz yig‘ishga jalb qilingani aniqlangan.

custom img

“Bu yerdan inson o‘z tarixini yanada chuqurroq anglagan holda chiqadi” — dedi Ozod Soliyev

AQShdagi Vatan Global Alliance raisi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, uning ekspozitsiyalari va ko‘lamiga yuqori baho berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"