O'zbekiston

Farg'onada erini kaltaklagan ayol jarimaga tortildi

Sudda jabrlanuvchi erkak ayolga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan hamda uni kechirmasligini ma’lum qilgan.

Farg'onada erini kaltaklagan ayol jarimaga tortildi

 

Farg‘ona shahrida turmush o‘rtog‘iga tan jarohati yetkazgan ayol oilaviy zo‘ravonlikda aybli deb topildi. Zamon.uz sud hujjatlari bilan tanishdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 1999-yilda tug‘ilgan M.A. 2026-yil 20-fevral kuni turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy kelishmovchilik sabab janjallashgan. Janjal vaqtida ayol eri M.S.ga qo‘li bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

 

Sudda ayol aybiga iqrorlik bildirgan. Uning ko‘rsatmasiga ko‘ra, avvalroq farzandlarini aylantirish masalasida er-xotin o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgan. Oradan ikki kun o‘tib mojaro yana davom etgan va navbatdagi janjal vaqtida u o‘zini himoya qilish maqsadida turmush o‘rtog‘ini itarib yuborganini bildirgan.

 

Jabrlanuvchi erkak esa suddan ayolga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan hamda uni kechirmasligini ma’lum qilgan.

 

JIB Farg‘ona shahar sudi hukmiga ko‘ra, M.A. Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan oilaviy zo‘ravonlik jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga BHMning 20 baravari — 8 million 240 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

 

Shuningdek, jabrlanuvchiga moddiy va ma’naviy zarar undirish masalasida fuqarolik sudiga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.