O'zbekiston

“Oxirigacha kurashing”: Prezident terma jamoaga murojaat qildi

Shavkat Mirziyoyev futbolchilarni hech kimdan hayiqmasdan, bosimsiz o‘ynashga chaqirdi.

“Oxirigacha kurashing”: Prezident terma jamoaga murojaat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan uchrashuvda futbolchilarni jahon chempionati oldidan qo‘llab-quvvatlab, ularni bosimsiz va mardonavor o‘ynashga chaqirdi.

 

Davlat rahbari mundialda oson o‘yin bo‘lmasligini ta’kidlab, O‘zbekiston terma jamoasi Portugaliya, Kolumbiya va Kongo kabi kuchli jamoalarga qarshi maydonga tushishini qayd etdi.

 

Prezident xalq har bir uchrashuvda g‘alaba kutishi tabiiyligini, biroq futbolchilar tarixiy natijaga allaqachon erishib bo‘lganini ta’kidladi.

 

“Sizlar tarixni allaqachon yaratib bo‘ldingiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Davlat rahbari futbolchilardan oldindagi muhim o‘yinlarda ortiqcha bosimsiz, hech kimdan hayiqmay, bor imkoniyatlarini ishga solib o‘ynashni so‘radi.

 

“Har bir to‘p, har bir vaziyat, maydonning har bir qarichi uchun oxirigacha kurashing!” — dedi Prezident.

 

Prezidentning ta’kidlashicha, mundial uchrashuvlarida fan-klublar, minglab muxlislar hamda AQShdagi vatandoshlar stadionlardan turib terma jamoani qo‘llab-quvvatlaydi.

 

Davlat rahbari, shuningdek, jamoaning har bir harakatini qariyb 40 million aholining katta hayajon bilan kuzatishini bildirib, futbolchilarga xalq va davlat rahbari ularga ishonishini aytdi.

 

“Boringlar, mardonavor o‘ynanglar, Vatan sharafini munosib himoya qilinglar”, — dedi Shavkat Mirziyoyev so‘zining yakunida.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Oxirigacha kurashing”: Prezident terma jamoaga murojaat qildi | Zamon.uz