O'zbekiston

Bu yil ko‘p yomg‘ir yog‘di, muammo aniq bo‘ldi — Samarqand viloyati hokimi

Samarqand ko‘chalarini suv bosdi. Viloyat hokimi ushbu holat qayta takrorlanmasligi uchun tizimli choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriq berdi.

Bu yil ko‘p yomg‘ir yog‘di, muammo aniq bo‘ldi — Samarqand viloyati hokimi

23-may kuni Samarqand viloyatining qator hududlarida kuzatilgan kuchli yomg‘ir oqibatida ayrim ko‘chalarda suv to‘planishi va toshqin holatlari yuzaga keldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, viloyat hokimi Adiz Boboyev vaziyatni joyiga chiqib o‘rganish maqsadida tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Samarqand shahridagi Chuquryo‘l ko‘chasida bo‘ldi.

 

Hududda suv to‘planishini bartaraf etish, suv oqizish tizimini yaxshilash hamda bunday holatlar takrorlanishining oldini olish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

 

“Yana 4−5 kun yomg‘ir bor, yomg‘ir tugashi bilan ishni darhol boshlaysizlar. Birdaniga 4−5 ta joyga texnika qo‘yamiz, 2 ta 1600 talik quvur bilan suvni to‘liq soyga chiqarib yuborishimiz kerak. Bu nima degan ahvol? Yurishning umuman iloji yo‘q-ku. Ishni boshlash kerak”, — dedi hokim.

 

Bundan tashqari hokim Samarqand shahrining Namozgoh ko‘chasiga ham bordi. Qayd etilishicha, ushbu hududdan o‘tuvchi Maroqand arig‘ining yo‘li turli chiqindilar va tiqinlar bilan to‘silib qolgan. Bu esa yomg‘ir suvlarining ko‘chaga toshib chiqishiga sabab bo‘lgan. Hozirda u yerda ham tegishli ishlar olib borilmoqda.

 

Hokim mas’ul idoralar va kommunal xizmatlar vakillariga bunday holatlarning kelgusida takrorlanmasligi uchun tizimli choralar ko‘rish, ayniqsa suv oqimlari yo‘llarini doimiy nazoratda ushlash hamda suv yo‘llarini tozalash ishlarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

 

“Bu yil ko‘p yomg‘ir yog‘di, muammo aniq bo‘ldi. Keyingi yil ham shunday bo‘lishi mumkin. Endi bunaqa holat takrorlanmasligi uchun shaharni bir marta to‘liq inventarizatsiya qilasizlar. Qayerda shunday muammo bo‘lsa, birorta joy qolmasin. Qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, qayta ko‘rib chiqamiz va hammasini yangidan qilamiz”, — dedi Adiz Boboyev.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand shahrida suv to‘planish holatlarini bartaraf etish maqsadida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining suv tortuvchi 20 dan ortiq maxsus texnikasi jalb etilgan.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

Davlat qarzining 40,7 mlrd dollari tashqi, 7,6 mlrd dollari esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

Ta’lim krediti olish tartibi: kimlarga va qancha miqdorda beriladi?

Talabalar uchun ta’lim krediti olish tartibi va asosiy shartlar ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda 4 ayol bir ayolni samosud qildi

Janjalga yer masalasi sabab bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda yangi pensionerlarning 61 foizi to‘liq ish stajiga ega emas

2010-yilda bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil qilgan.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"