O'zbekiston

25-may kuni davlat tashkilotlari va idoralari xodimlariga xizmat avtomashinalaridan foydalanish taqiqlanadi

25-may kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi. Belgilangan talablarga amal qilmagan xodimlar javobgarlikka tortiladi.

25-may kuni davlat tashkilotlari va idoralari xodimlariga xizmat avtomashinalaridan foydalanish taqiqlanadi

25-may kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda Prezidentning 2026-yil 25-martdagi “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonida belgilangan.

 

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-maydan boshlab har oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” hamda “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkazib boriladi.

 

Qayd etilishicha, aksiya kunlari davlat tashkilotlari va idoralari xodimlariga xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi. Agar mazkur sanalar ish kuniga to‘g‘ri kelsa, haydovchilarning ish haqi saqlab qolinadi.

 

Shuningdek, maxsus komissiya bayoniga muvofiq, davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan aksiya doirasida xizmat avtomobillaridan foydalanish odob-axloq qoidalarini buzish sifatida baholanadi. Belgilangan talablarga amal qilmaslik esa mas’ul rahbarlarga xodimlarni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

 

Ekoqo‘mitaning ma’lum qilinishicha, tashabbus atmosfera havosiga chiqariladigan zararli gazlar miqdorini kamaytirish, aholi salomatligini muhofaza qilish, ekologik barqaror muhitni shakllantirish hamda jamoat transporti va ekologik toza transport vositalaridan foydalanish madaniyatini ommalashtirishga qaratilgan.

 

Shu bilan birga, aksiya doirasida targ‘ibot tadbirlari, ommaviy yurishlar va jamoatchilik aksiyalari ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.