O'zbekiston

Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi

Hujumni sodir etgan shaxs Maxfiy xizmat xodimlari tomonidan otib tashlangan.

Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi

AQSH Maxfiy xizmati Oq uy yaqinida o‘t ochgan shaxsni otib tashladi. Hodisa oqibatida tasodifiy yo‘lovchilardan biri ham yaralangan. Bu haqda AQSH Maxfiy xizmati ma’lum qildi, deya xabar bermoqda BBC.

 

Ma’lum qilinishicha, noma’lum shaxs tunda sumkasidan qurol chiqarib, Oq uy yaqinida o‘q uza boshlagan. Shundan so‘ng Maxfiy xizmat xodimlari unga qarata o‘t ochgan.

 

Amerika OAVlari manbalarga tayanib xabar berishicha, hujumchi 21 yoshli Nasir Best bo‘lgan. U  ilgari Maxfiy xizmat bilan to‘qnashgan va ruhiy kasal sifatida ro‘yxatga olingan.

 

Hodisa 24-aprel kuni Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasi kechasida yuz bergan otishmadan bir oy o‘tib sodir bo‘ldi. O‘sha tadbirda AQSH prezidenti Donald Tramp ham ishtirok etgan edi.

 

Tramp Truth Social'dagi sahifasida Maxfiy xizmatning harakatlarini maqtab, hujumchini “jinoyatchilik o‘tmishiga ega shaxs” deb atadi. 

 

Shuningdek, u kelajakda prezidentlar uchun yanada xavfsiz hududlar yaratish zarurligini ta’kidladi.

 

CNN muxbirlari Oq uy yaqinida o‘nlab o‘q ovozlari eshitilganini bildirgan. ABC News muxbiri Selina Vang esa X ijtimoiy tarmog‘ida voqea vaqtida olingan videoni e’lon qilgan. Unda Oq uy yaqinida o‘q ovozlariga o‘xshash tovushlar eshitiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, 24-aprel kuni Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasi kechasida ham qurolli hodisa yuz bergan, tadbirda AQSH prezidenti Donald Tramp ham ishtirok etgan edi.

 

Hibsga olingan Koul Allen tergov organlariga Tramp ma’muriyati vakillariga hujum uyushtirish niyatida bo‘lganini bildirgan. 

Farmatsevtlar uchun ham bayram: O‘zbekistonda kasb bayrami nomi o‘zgarishi mumkin

Farmatsevtlar uchun ham bayram: O‘zbekistonda kasb bayrami nomi o‘zgarishi mumkin

Tibbiyot xodimlari kunini Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni deb o‘zgartirish taklif qilindi.

O‘zbekistonda iste’mol tovarlari tekshiruvi: 73 nomdagi mahsulotda kamchilik topildi

O‘zbekistonda iste’mol tovarlari tekshiruvi: 73 nomdagi mahsulotda kamchilik topildi

2026-yilning sakkiz oyida 60 turdagi 558 nomdagi mahsulot laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazildi.

Toshkentda qizamiq xavfi ortdimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkentda qizamiq xavfi ortdimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda qizamiqqa gumon qilingan 290 ta holat va bemorlar bilan aloqada bo‘lgan 10 mingdan ortiq shaxs ro‘yxatga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

“Asosiy vazifa — erishilgan ushbu kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga, ya’ni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirish” — Saida Mirziyoyeva

“Asosiy vazifa — erishilgan ushbu kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga, ya’ni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirish” — Saida Mirziyoyeva

Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Gazsiz qoladigan manzillar: 20-oktyabr kuni ta’minot vaqtincha to‘xtatiladi

Gazsiz qoladigan manzillar: 20-oktyabr kuni ta’minot vaqtincha to‘xtatiladi

Soat 09:00 dan 18:00 gacha yirik gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Davlat kotibi ushbu orden bilan O‘zbekiston va AQSh hamkorligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.