Jahon

Vashingtonda Tramp ishtirok etgan tadbirda otishma yuz berdi

AQSh prezidenti, birinchi xonim Melaniya Tramp, vitse-prezident J.D. Vens va boshqa amaldorlar evakuatsiya qilingan.

Vashingtonda Tramp ishtirok etgan tadbirda otishma yuz berdi

Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirok etgan rasmiy tadbir vaqtida xavfsizlik bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Oq uy muxbirlari uyushmasining an’anaviy qabul marosimi davomida otishma ovozlariga o‘xshash tovushlar eshitilgach, yuqori martabali amaldorlar zudlik bilan evakuatsiya qilingan.

 

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, voqea Washington Hilton mehmonxonasida o‘tkazilayotgan tadbir chog‘ida sodir bo‘lgan. Hodisadan so‘ng Maxfiy xizmat xodimlari prezident Donald Trampni sahnadan olib chiqib ketgan.

 

Rasmiy manbalarga tayanib xabar qilinishicha, Donald Tramp jarohat olmagan va uning sog‘lig‘i joyida.

 

Tadbirda ishtirok etgan vitse-prezident J.D. Vens ham xavfsiz hududga olib chiqilgan.

Shuningdek, birinchi xonim Melaniya Tramp, mudofaa vaziri Pit Xegset hamda boshqa yuqori martabali rasmiylar ham zudlik bilan evakuatsiya qilingan.

 

Voqeadan keyin tadbir to‘xtatilgan va keyinga qoldirilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan bir gumondor qo‘lga olingani aytilmoqda. Hodisa sabablari yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.